Dasturlash

Dasturlash

Google bilan | Akhtamov Umidjon
Dasturlash bilan bog'liq eng yaxshi manbaalar

w3schools.com

Kelajak kasblaridan biri - dasturchilik. Dasturlashni oʻrganing! Kech deysizmi? Unda oʻgʻil-qizingiz, uka-singlingizga ushbu sohani oʻrganish uchun sharoit yaratib qoʻying. Hozir tavsiya qilmoqchi boʻlgan saytimizda python, java, php kabi top dasturlash tillarini oʻrganish mumkin.

Manzil👉 w3schools.com


SoloLearn

Agarda dasturlashga qiziqsangiz va sizda kurs uchun pul boʻlmasa, biz sizga ushbu mobil ilovani tavsiya qilamiz. Deyarli barcha dasturlash tillarini oʻrgatadigan ushbu SoloLearn ilovasi "Oʻynab oʻrganamiz" shiori ostida xizmat koʻrsatadi. \

Manzil👉 Ilovani yuklab olish


Xanakademiyasi.uz

Dasturlash, matematika, fizika, biologiya kabi 7ta fandan professional videodarslar jamlangan platforma. Dasturlash kursi - endi bu sohaga kirib kelayotganlar uchun moʻljallangan. 

Manzil👉 xanakademiyasi.uz


itvdn.com

Dasturlashni endi boshlaganlar yoki oʼrta darajadagi dasturchilar dasturlashni mashq qilish uchun trenajyor platformalar kamligidan nolishadi. Bizga ham shu xususda bir qancha soʻrovlar kelib tushdi. Biz taqdim etayotgan ushbu platforma dasturchilar uchun C++, C#, Python, Java va boshqa dasturlash tillarida (darajaga qarab) maxsus savollar va mashqlar bor.

Manzil👉 itvdn.com


Asosiy sahifaga o'tish | Telegram | TikTok


Report Page