DASTURLASH

DASTURLASH

Dasturlash – kompyuterlar va boshqa mikroprosersorli elektron mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va oʻzgartirish jarayoni…

Programmalash, dasturlash elektron mashinalarda masalalarni yechish hamda ularda har xil akdiy mehnat turlarini bajarish na-zariyasi va usullarini ishlab chi-qish bilan shugʻullanadigan fan; algo-ritmlar nazariyasining amaliy boʻlimi; insonning mashina bilan aloqa qilish vositasi. Asosiy vazifalaridan biri elektron mashinalar uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni tekshirish va takomillashtirishdan iborat. Yechilishi lozim boʻlgan masala algoritmi dasturlashda "mashina tili"ga oʻtkaziladi.


Dasturlash ikki asosiy turga:

bevosita dasturlash va avtomatik dasturlashga boʻlinadi. Bevosita dasturlashda dasturning umumiy sxemasini ishlab chiqishdan kodlash va mashinaga kiritishgacha boʻlgan barcha ishni dasturchi bajaradi. Avtomatik dasturlashda esa programmachi faqat dastur sxemasini tuzib, uni qisqartirilgan simvolik kurinishda yozadi, dastur tuzish va uni kodlash kabi texnikaviy ishlarni esa mashinaning oʻzi maxsus dasturlash dasturi yordamida bajaradi.


Dasturlash jarayoni, odatda, quyidagi bos-qichlarga boʻlinadi: masalaning qoʻyilishi; masalaning algoritmik tavsifini tuzish; masalani yuqori darajadagi programma tilida dasturlash , masalani taxminiy mashina tilida dasturlash , masalani mashina tilida dasturlash.


Dasturlash tili dasturlar tuzishning asosiy vositasidir. Bu tillar mashina komandalari sistemasiga bog'lik boʻlmasligi va iboralar strukturasi jihatidan umumiy xususiyatga ega boʻlishi bilan boshqa tabiiy tillarga oʻxshab ketadi. Iboralar ikki turga — operatorlar hamda tavsiflarga boʻlinadi, ularning bir-biri bilan bogʻliqligi qavslar bilan, alohidaligi nukali vergul bilan ajratiladi. Operator tilning amal birligi boʻlib, oʻz navbatida, oʻzgaruvchan kattalikka qiymat beruvchi operatorlar, shartga muvofiq tegishli hisoblash tarmogʻini tanlovchi (shartli) operator va takroriy hisobni amalga oshiruvchi sikl operatorlariga boʻlinadi. Tavsifda oʻzgaruvchan kattalik va boshqa belgilar xususiyatlari yoziladi. Biror xususiy masalani yechish uchun tuzilgan dasturni simvolik ravishda funksional belgilash mumkin. Bunday belgilash va tavsif birgalikda kichik dastur deb yuritiladi. Yangi dasturlar tuzishda kichik dasturlardan tayyor holda foydalanish mumkin.


Dasturlashning dastur tuzilgandan keyingi yana bir asosiy bosqichi "tekshirish" boʻlib , bunda yoʻl qoʻyilgan xatolar topiladi va tuzatiladi. Dasturlar kodlanadi va mashinaga maxsus qurilma yordamida kiritiladi.


Foydalanilgan manba: wikipedia.org

From: @DeveloperUzBlog

Report Page