Dasturlash

Dasturlash

Abdulaziz Hamiyd


✔️ Dastur nima?

Dastur bu mikro-protsesor,kompyuterga yoziladigan buyruqlar ketma-ketligi bu Dastur deyiladi,

Dasturlashni yo'nalishlar ko'p va bugun shu haqida sizlarga ma'lumot beraman.


📲 Web Dasturlash | Web Dasturlash, ham ikki yo'nalishga bo'linadi 

Frontend va Backend yo'nalishlariga.


🖥 FRONTEND dasturchi (frontend developer) saytning HTML, CSS va JavaScriptda tayyorlanishi uchun mas’ul bo’ladi. 

Zamonaviy sayt tayyorlash texnologiyalari bilan bugungi kunda frontend dasturchilar ishlari faqat bu bilan cheklanib qolmayapti.

 Bugun frontend dasturchilar kechagi oddiy verstka qiluvchilar emas. Ular endilikda saytlarning responsive (moslashuvchan) bo’lishi,

 barcha ekranlarda bir xil ko’rinishi, saytdan foydalanishdagi qulayliklar haqida o’ylashlari kerak bo’ladi. 

Demak, kechagina dizayner chizib bergan sayt rasmiga HTML, CSS va JavaScript yordamida jon bag’ishlagan frontend dasturchilar 

bugungi kunda saytning ko’proq jihatlari ustida ishlashmoqda va backend dasturchilar ishidan hech ham qolishmaydigan 

qiyinchilikdagi vazifani bajarishmoqda.


💻 BACKEND dasturchi (backend developer) esa asosan server tomonda ishlaydigan dasturlash tillari bilan ishlashadi. 

Sayt foydalanuvchilari saytning frontend qismida yuborgan ma’lumotlarning serverga yo’nalishi, 

ularning qayta ishlanishi va foydalanuvchiga qaytarib jo’natilishi – bularning barchasi backend dasturchi mehnati natijasi ro’yobga chiqadigan

 jarayonlar hisoblanadi. Backend dasturchilar saytning ko’rinishi, 

tashqi tomoni haqida qayg’urmay, uning faqat ichki, «parda ortida» ishlashi to’g’risida bosh qotirishadi.

Report Page