Dasturchilashni o'rganish qiyinmi? Yoxud dasturlashni oʻrganishda duch kelinadigan qiyinchiliklar.

Dasturchilashni o'rganish qiyinmi? Yoxud dasturlashni oʻrganishda duch kelinadigan qiyinchiliklar.

Dasturchidomla
IT sohasida yoʻnalishni tanlashdan oldin, avvalo, boshlangʻich tushunchalarning tub mohiyatini tushunib olish talab etiladi. Bu esa bir qancha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Hamma ishda tartib boʻlgani yaxshi, shu jumladan, dasturlashni oʻrganishda ham. ʻʻHello worldʻʻni chiqarmay turib yaxshi dasturchi boʻlish - bu xuddiki karra jadvalini bilmagan kishi matematikadan trigonometriya misollarini yechishga harakat qilishidek gap. Demak, birinchi qilinishi kerak boʻlgan ishlar: dastur nima, maqsadi nima, qanday vazifalarni bajaradi, qanday afzalliklari bor, nima uchun dasturlashni oʻrganishim kerak... kabi savollarga javob topishdan boshlanadi.
Yuqoridagi savollarga javob topilganidan keyingi muammo qaysi dasturlash sohasini tanlash haqida boʻladi. Hozirgi kunda koʻplab dasturlash sohalari mavjud. Misol uchun Java, Android, Python, Php va boshqalar. Bu sohalarda developer'lik qilish orqali koʻplab yutuqlarga erishish mumkin. Bu sohalarni tanlashda qaysi muhit sizga yaqinroqligini va eng zoʻr oʻqita oladigan shaxs qaysi birida ekanligini topish koʻproq muvaffaqiyat keltiradi. Albatta, qolgan ustozlarga hurmatni saqlagan holda buni amalga oshirish kerak.
Dasturlashni tanlaganingizdan keyingi qiyinchilik - bu vaqt masalasi. Chunki yetarlicha vaqt ajratilmasa kerakli natijaga erishish orzuligicha qolaveradi. Bugun qilingan 1 kunlik mehnat keyin qilinadigan 10 kunga teng kelishi mumkin. Shuning uchun bir kunda hech boʻlmaganda 5 soat vaqt ajratishingiz kerak. 7-8 oyda dasturlash sohasiga mukammal ravishda kirishga erishiladi. Qaytaraman, dasturlashga kirib olishga yetadi, dasturlashni mukammal ravishda oʻrganishga emas. Eng muhim bosqich shu yerda, ya'ni dasturlashga kirib olishda bo'ladi. Undan keyingi oʻrganishlar anchagina osonlashadi.
Dasturlashga kirib olgandan keyingi qiyinchilik bu birinchi ish joyiga ega boʻlish hisoblanadi. Hozirgi kunda koʻp joylar faqat 2 yildan ortiq tajribaga ega boʻlgan kishilarni ishga qabul qilishyapti. Bu degani yangi o'rgangan dasturchilarga ish joyi yoʻq degani emas. Yangi oʻrganganlar 2 3 oy tajriba ortirishiga toʻgʻri keladi. Asosiysi bilimingiz borligini koʻrsatish, xolos. Dasturlash sohasidek ajoyib kasb yoʻq. Bu kasbda har doim mehnatingizga yarasha ragʻbatlantirilasiz.
Asosiysi toʻgʻri va vaqtida qilingan qarordir. Siz dasturlashga 2 yilingizni bering, dasturlash sizga keyingi 2 yilda 20 yillik rejangizni bitirishda yaqindan yordam beradi.


👨🏻‍💻 @dasturchidomla





Report Page