Dasturlash haqida

Dasturlash haqida

Ziyayev Azamat November 12, 2020


Ilmga intiling


Assalomu alaykum! Bugun siz aziz bilim ixlosmandlari bilan “dasturlashni o'rganish uchun 10 ta sabab” mavzusida gaplashamiz. Avvalambor mashhur Stiv Jobsning ko'zga ko'ringan iboralarini keltirsam, u shunday deydi, “mamlakatda har bir bola dasturlashni o'rganishi kerak chunki bu ularni mantiqiy fikrlashga o'rgatadi”. 

#Shunday ekan nega biz o'rganmasligimiz(qarab turishimiz) kerak ekan? Biz istemolchi degan maqomdan halos bo'lib, ishlab chiqaruvchi maqomiga ko'tarilishimiz shart va majbur bo'lib qolmoqda. Mamlakatimizni bu cho'qqiga erishishi uchun esa biz yoshlar "belga belbog'ni bog'lab" harakatni bugundan boshlashimiz kerak.


Aynan bizning mamlakatda dasturlashni o'rganishga ko'proq e'tibor qaratilishi kerak. Nima uchun deysizmi? keling bir nechta omillarni sanab o'tamiz.



🔸1. Dasturlash sizni muhim insonga aylantiradi;


🔸2. Bu bizning mamlakatda endi rivojlanayotgan soha;


🔸3. Yildan yilga ish o'rinlari ko'payishi;


🔸4. Mantiqiy fikrlash, ijodiy fikrlash va o'z o'ziga ishonchni oshirish uchun;


🔸5. Chet elda g'isht tashish, ko'cha supurish kabi og'ir mehnatlardan ozodsiz va sizni hechkim majburlay olmaydi;


🔸6. Faoliyatingiz davomida qo'llash uchun;


🔸7. Kecha, bugun va Kelajak kompyuter texnologiyasi asri bo'lishi yaqqol ko'rinib turganligi;


🔸8. Hayotda bir qadam oldinda yurish uchun (hammamiz xohlaganimizdek);


🔸9. Erkin ish faoliyati! sizda tanlash imkoniyati juda yuqori bo'ladi va agar yaxshi mutaxassis bo'lsangiz ish tartibini siz belgilaysiz;


🔸10. Barcha muammolarni o'tirgan joyingizda hal qilasiz 😜!.


Mana azizlar, nima uchun dasturlashni o'rganish kerak ekanligini qisqacha bilib oldik. Albatta, tangani ikkinchi tomoni ham bor deydiganlar oramizda ko'plab topiladi va ular shunday deydi;


🔻1. Dasturi tuziladigan narsani oʻzi qolmadi;


🔻1. O'zbekistonda dasturchi bo'lib ishlaydigan joyning o'zi yo'q;


🔻3. Men baribir kuchli dasturchi bo'la olmayman.

Batafsil videoda bilib olishingim uchun


Men uchala fikrni ham xato deb hisoblayman, chunki inson yaratilibdiki kashf qilishdan to'xtamadi. Dasturlash ham to'xtamaydi. O'zbekistonda dasturlash jadal rivojlanib bormoqda va anchagina ishchi o'rinlari bo'sh va sizni kutmoqda.


▫️Shu o'rinda bir faktga e'tiboringizni qaratmoqchiman! 2013 yilda tahlillar natijasiga ko'ra AQSHning o'zida 2020 yilda 1.400.000 ta dasturlash bo'yicha mutahasis zarur bo'ladi, shu yo'nalish bo'yicha tahsil olayotganlar esa 400.000 tani tashkil etgan. Yana 1 mln ishchi o'rni bo'sh.

Bizning mamlakatda ham bu korsatkichlarni ish beruvchi saytlar orqali kuzatishingiz va ishonch hosil qilishingiz mumkin.

💡Kelajakdagi maqsadlaringizni yuqori qoʻying, shaxsiy fikringizni hech qachon yo'qotmang, shunda sizni o'z maqsad va orzularingizdan hechkim qaytara olmaydi. Shunchaki kuchli xohish sizni oʻsha kelajakka yetaklab boradi✈️.



Report Page