Dana

Dana

Ayol Sevgi

Dana Oparina, jurnalist. Nogironlik mavzusi bilan shug’ullanadi.

Infopolda nogironlar huquqlari mavzusi yo'qligi uchun unga qiziqishni, bu mavzuni yaxshiroq o'rganishni boshladim.

O'zbekistonda jurnalist bo'lish qiyin. Qoraqalpog’istondan keyin bu yanada qiyinroq bo’lib qoldi, chunki qayerda bo’lishingiz va keyin qanday yo’l tutishingiz kerakligini bilmaysiz. Senzura, ichki cheklovlar juda ko'p. Lekin, menimcha ularni yengib o’tdim.

Mening tashvishim - mening ichki cheklovim edi. Dunyo menga juda qo'rqinchli tuyular, undagi hamma menga qanday zarar yetkazish haqida o'ylaydigandek tuyulardi. Bu kulgili eshitiladi, lekin, mening boshimda bu juda jiddiy ohangda edi. Meni hamma qoralashi, menga hamma qarashi va hech kim meni yoqtirmasligidan doim xavotirlanardim.

Psixolog tufayli men bu his-tuyg'ularni yengdim. Va endi men o'zimni yaxshi his qilyapman. Xavotirga tushganimda, dunyo haqidagi tasavvurimlarimiz o'xshash odamlar bilan muloqot qilish, sport, terapiya va kitoblar menga yordam beradi.

Mening bolaligim qiyin bo’lgan. Onam va otam juda ko’p urishardilar. Dadam oilani juda erta tark etdi va deyarli yordam ham bermadi. Onam meni yolg'iz tarbiyalagan. Bu qiyin bo’lgan, chunki SSSR qulaganidan keyin ish haqi bilan bog’liq masalalar murakkab payt edi. Onam shifokor bo'lib ishlaganlar. Men 8 yoki 9 yoshimda ularga saraton tashxisi qo'yildi. Tez orada vafot etdilar.

Esimda, biz tez-tez tog'larga borardik. Oyimda saraton kasalligini aniqlashganda ham ular tog'larga birga borishni xohlardi. Ammo o'sha paytga kelib onam faqat  pansionatdagi xonada yotar, men esa kamera bilan yolg'iz suratga tushirib yurardim. Menimcha bu menga otamdan o’tgan, chunki ular ko’p suratga olardilar. Menga ham fotoapparat sovg’a qilgandilar. Shunday qilib men pensionatda ilk marta suratga olishni boshladim.

Esimda, negadir onam tez orada o'lishini tushunar  edim, lekin o'zimga shunday dalda berardim: "men hamma narsani qila olaman! hammasi yaxshi bo'ladi."

Keyin otam bilan yashadim. U fuqarolik nikohiga ega edi va to'rtamiz 2 xonali kvartirada yashadik: men, dadam, uning ayoli, o'g'li, katta alabay, mushuk va chelakdagi xomyak. Mening shaxsiy xonam yo'q edi. Ko'p o'tmay otam ham vafot etdi. U shizofreniya bilan kasallanib, o'z joniga qasd qilgan va men buni ko'rganman. Ya'ni, uning murdasini topganman. U tomdan sakragan. O'sha paytda men xolam bilan yashardim, dadamga sho'rva va boshqa narsalarni olib kelgan edim. Jasadni qondan topdim. Mening bolaligim baxtsiz edi.

Mening bolaligim baxtsiz edi. Maktabda hamma kabi bola emasligimni tushunar va buni yengishga harakat qilardim. Chunki menda surunkali kasallik bor, men shunday tug'ilganman.

Men nogironlik mavzusi bilan shug'ullanaman, chunki menda ham nogironlik bor. Ammo bu ko’zga aniq tashlanmaydi. Men bu mavzuda har qanday odam bilan xotirjam gaplashaman. Chunki endi bu mavzu meni bezovta qilmaydi. 20 yildan ko'proq vaqt o'tdi va bu paytgacha ko’p narsalarni hal qildim

Bir kuni maktabda juda og’ir kun bo’lganini eslayman. Ko’zlarimda yosh bilan uyga keldim. Meni qabul qilishmadi (tushunaman bu faqat mening hayolim) Men bilan faqat a’lochi bo’lganim uchun gaplashishadi deb o’yladim. Juda ko’p ichki g’alayonlar bo’ldi, lekin ular haqida xolamga aytib berolmasdim. Chunki shundog’am tashvishlari ko’pligini bilardim. Men bunday jarohatlar/vaziyatlar bilan umuman kurasha olmayman deb o’ylardim. Lekin, men ularni yengdim.

Ehtimol, tashvish bolalikdan paydo bo'lgandir, chunki siz ikkita muhim yaqiningizni yo'qotganingizda, bu dunyo ana shunday, biroz achchiq dunyo ekanligini tushunarkansiz.

Ichimda tinchlik bo’lsa, muhabbatni his qilaman. Masalan, shunchaki yaxshi kun, sayr qilyapsiz, musiqa, ob-havodan zavqlanasiz. Yana, yaqinlarim, qarindoshlarim bilan yig’ilganda sevgini his qilaman. Bir-birimizni qo'llab-quvvatlaganimizda ham. O'zimga nisbatan munosabatim yomon emas, lekin yaqinda u yanada yaxshilandi. Bunga o’zim bilan o’zim, o’zligimni qabul qilish haqida juda uzoq suhbat orqali erishdim.

Mening xayoliy va haqiqiy qiyofamga boshqa-boshqa edi. Endi esa, umid qilamanki, men ularni bir-biriga birlashtirdim va hamma narsani o’zim boshqarayotganimni angladim. Ehtimol, bu o'z-o'zini hurmat qilish va sevgi tuyg'usini shakllantirar.

Menda “Love is” tatuirovkam bilan bog'liq xotira bor, aslida bu ko’proq sevgi haqida hikoya bo’lsa kerak. Men bolaligim, onam qanday qilib tez-tez maoshsiz qolgani haqida gapirdim. Bir kuni onam yig'lab o’tirganini ko’rib, oldiga borib, nima bo'lganini so'radim. Oyim: "Hozir!” dedilar va menga "Love is" saqichi, bir nechta Kinder, kichkina o'yinchoqlar va boshqa bir nimalar berdilar. Men esa ularga javoban: “hozir bularni ko’chada sotib kelaman”, dedim. Kichikroq stulni, kattaroq stolni oldim va tashqariga chiqdim. Tabiiyki, o'sha kuni men hech narsa sotolmadim. Odamlar meni ko’rib muhokama qilishdi, chunki bizda boshqa mamlakatlardagi kabi ko'chada biror narsa (limonadlar, rasmlar) sotish madaniyati yo’q.

Ammo menga bu qizning qat'iyati yoqdi va bu kichkina men edim. Ehtimol, bu hikoya o'zlikni topish, o'zingizga bo'lgan ishonch haqidadir.

Masalan, Gruziyada qizlar o’zlari chizgan rasmlarini sotis uchun ko’chada o'tirishdi.

Shahardagi bolalar uchun yaratilgan qulaylik haqida gapirganda, Amirsoydan bir bola qo'llarini yuvish uchun boshqa bola uni ko'targanini eslayman. Bunday holat hamma joyda, hamma narsada namoyon bo'ladi va o’z navbatida bu bizda turli toifadagi odamlarga bo’lgan munosabatni namoyon qiladi. 

Yaqinda taksi haydovchisi bir vaziyat yuzaga keldi.. Haydovchi: "mening 68 ta gaplashadigan qizim bor, hammasi mendan nimadir xohlaydi. Agar xohlasam, sizning yuragingizni ham "taqillatib "qo’yaman".

Men: "xohlamayman", dedim.

U: "qanday qilib xohlamaysiz? xohlaysiz." dedi.

Men doimo bunday o’ylaydigan erkaklar bilan muloqot qilishga, ularga tishuntirishga harakat qilaman. Lekin ko’pincha bunday tushuntirishlarim foydasiz bo’lib chiqadi. Ushbu hikoyaning oxiri "bo’pti, xayr" bilan tugadi. 

Bu yigit hech bo'lmaganda mening fikrimni eshitishga tayyor edi. Bu biroz quvonarli. Ko’pincha bunday odamlar boshqa fikrni qabul qilishga mutlaqo tayyor bo'lmaydilar. Bilim darajasi mavzuni tushunishning ko'rsatkichi emasligini tushunish kerak.

Menda nemolchi.uz uchun yozmoqchi bo'lgan bir keys bor. Bolaligimda, men uchun muhim “kattalar” avtobusda qayergadir ketayotgan edik. Bo’sh joy yo'q edi va negadir men tik turardim. Chiptachi keib menga ishqalandi. Mening muhim odamim esa: "shunday qilgisi kelibdi", dedi. Bu men uchun hissiy jarohatga aylandi. Men o'zim uchun muhim bo’lgan odamga boshqacha qaray boshladim, chunki o'sha paytda undan himoyani ko'rmadim. Ehtimol, bolalar va kattalarga bunday zo'ravonlikni qanday to'xtatish kerakligini tushuntirish kerakdir. Bolalar ularning do'sti, tengdoshi bilan biron bir noto'g'ri narsa sodir bo’lsa, qayerga murojaat qilish kerakligini bilishlari shart.

Garchi mening ma'lumotim filologik bo'lsa ham, doim jurnalistikaga qiziqib kelganman. Mening asosiy tilim – fransuz tili. Bir kuni gazetada ishlaydigan dugonam uning o'rniga ishlashni taklif qildi. Shunday qilib, hayotimdagi birinchi ishimga kirdim. Ammo biron bir yangilik ko'rsatmadim, shunchaki kerakli ishni bajardim. Keyinchalik, yozishni o'rganish uchun oflayn va onlayn darslarni qidirib, o’qidim. Bu ish meni o’zida juda qattiq torta boshladi. Niyatim toza-odamlar dunyosini yaxshi tomonga o'zgartirish edi. Men mahalliy muammolar, masalan, uyni buzishadi va uyi buzilgan odamning fikrini taqdim etishga harakat qildim. Ya'ni, hech kim eshitmaydiganlar uchun platformaga aylanishga qaror qildim. Ishonchim komilki, mening niyatlarim hali ham toza, lekin unchalik faol emas, chunki ko'p narsa o'zgarmasdan qolyapti. Yana tez-tez shunday bo'ladiki, davlat bunday muammolarga "yamoq" bilan reaksiya bildiradi. Ular "bu yerdagi muammo hal qilindi" deb ko'rsatadilar, ammo muammoning tizimli yechimlari haqida o’ylamaydilar.

Panduslar haqidagi masalani misol keltirsam. Biz Nogironlar jamiyati bilan Qo’yliqqacha boradigan yangi metro yo’lining qanchalik nogironligi bor odamlar uchun qulayligini tekshirishga bordik. Oxirgi bekatda pandos juda tikka qurilgan ekan. Men bu haqida maqola yozdim. O'zbekiston Temir Yo’llari bunga javoban bu yerda boshqa turdagi pandos o'rnatishlari haqida bayonot qilishdi. Ular aytgan turdagi pandus ikkinchi odamning aralashuvini talab qiladi, ya'ni metroda kimdir nogironlar aravachasidan foydalanadigan odamga yordam berishi va uni tushirishi kerak bo’lardi. Lekin bu umuman noto’g’ri. Pandus shunday ishlashi kerakki, siz yoniga kirasiz, tugmani bosasiz, pandus sizni yo'lning oxirigacha olib boradi va uyog’iga yo’lni o'zingiz mustaqil davom etasiz. Oxirgi marta ushbu stansiyadan foydalanganimda, hatto o’sha aytgan panduslarini ham qo’yishmaganini ko’rdim. Faqat rahbariyatga hisobot berish va "qarang, biz hammasini zo’r qildik" deyish uchun fotosuratda qilib qo’yishibdi.

Bizda, albatta, qo'shnilar bilan munosabatlarni o'rnatish kabi kichik muammolarni tizimli hal qilish usullari mavjud. Lekin ko’p savollar hal qilinmaydi.

Davlat hal qilishi lozim bo’lgan masalalar, masalan, nogironligi bo'lgan odamlar haqida gapirganda, ana shu 1 million kishi (turli hisob-kitoblarga ko'ra) haqida o'ylashdan ko'ra, ularga ko'z yumish osonroq. Bu yerda yana 34 million kishi haqida o'ylash kerak. Bu mening fikrim emas, lekin menimcha, qaror qabul qiladigan mansabdorlar shunday deb o'ylashsa kerak.

Menimcha, davlatdan hisobot talab qilish juda muhim. Buni har bir fuqaro amalga oshirishi, so'rov yuborishi, tekshirishi, soliqlar qayerga ketayotganini so'rashi kerak. Ushbu so'rovlarni amalga oshiradigan va qiziqadiganlar bor va ular blogerlar, ommaviy axborot vositalari va faollar.

Xalq idrokida qandaydir evolyutsiya sodir bo'lishi, odamlar nihoyat o'z mamlakatlari hayotida ishtirok etishni xohlashlari uchun nima qilish kerakligini bilmayman.

Dugonam bilan universitetga endi kirgan paytlarimizni eslayman. U dekandan stipendiyalar, chet elda o'qish uchun yuborish haqida so’radi. Dekan: "Ha, ha, albatta", dedi. Keyin biz eng "munosiblarni" ham yubormayotganishini ko'rdik. Universitetda birozgina bilim, bir nechta aqlli o'qituvchilar bor edi. Shuning uchun hamma narsani o'zim qildim, o'zim o'qidim. Bu men uchun muhim edi. Boshqa mamlakatga o'qishga borishni xohlaganimda (bu 2013- yil edi), "sizni qanday yuboramiz?» deb ikkilanishdi. U paytlar chiqish vizasini olish uchun Ichki ishlar vazirligining talabiga binoan hammadan, shu jumladan oiladagi biron erkakdan yozma ruxsat olish kerak edi. Qizlarni qayerga ketayotgani haqida so'roq qilishardi. Men uddaladim, chet elda o’qib qaytdim. Lekin ko’p talabalarga qarshilik qilib, yuborishmaganining guvohi bo’ldim.

Menimcha, mana shunday vaziyatlar bunday befarqlikka, biror narsa qilishni istamaslikka, qo'rquvga olib keldi. Bu - biz yo'qotgan katta avlod, u mutlaqo inert va biror narsa qilishdan qo'rqadi.

Report Page