COVID-19

COVID-19

ZUKHRIDDIN

CONTACT WITH AUTHOR

3.400.000 dan oshiq odam kasallik tufayli halok boʻldi, 80 milliondan oshiq odam esa tuzaldi. Xitoy, Yevropa, Eron, Janubiy Koreya va AQShda pandemiya oʻchoqlari yuzaga keldi.

2021-yilning yanvar oyigacha virusni yuqtirganlar soni aks etgan xarita

YUQISH YO'LLARI
COVID-19 koronaviKasallik alomatlari odatda besh kunda paydo boʻladi, ammo bu davr 2 kundan 14 kungacha davom etishi mumkin. Kasallikning asosiy alomatlari isitma, yoʻtal va nafas qisishidir..


COVID-19 DAN HIMOYALANISH UCHUN CHORALAR

O‘zbekistonda 15-mart, yakshanba kuni COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish bo‘yicha ilk holat qayd etildi (16-mart holatiga ko‘ra, kasallanganlar soni olti nafarga yetdi — ularning besh nafari bir oiladan). Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning qayd etishicha, aksariyat (80 foizga yaqin) holatlarda kasallik yengil o‘tadi va bemorning sog‘ayib ketishi bilan tugaydi. Biroq og‘ir oqibatli holatlar ham yo‘q emas. Butun dunyoda pandemiya kuzatilayotgan vaqtda kishi o‘zining va yaqinlarining salomatligini qanday muhofaza qilishi mumkin?

Qo‘lingizni muntazam yuvib turing

Qo‘lingizni muntazam sovun bilan yuving yoki (qo‘lingiz juda kir bo‘lmasa) tarkibida spirt bo‘lgan vosita bilan yuvib tozalang. Agar qo‘l sathida virus bo‘lsa, bu jarayon uni o‘ldiradi. Doimiy ishlatiladigan gadjet va maishiy texnikani ham muntazam dizinfeksiya qilib turish maqsadga muvofiqdir.

Odam gavjum joylarga borishdan tiyiling

Zarurat bo‘lmasa, odamlar ko‘pchilik bo‘lib to‘planadigan joylarga bormang. Imkoniyat va sharoit bo‘lsa, to‘lov va xizmatlarni rasmiylashtirishning masofadan turib amalga oshiriladigan usullarini tanlang.

Jamoat joylarida masofa saqlang

Odamlardan kamida bir metr masofa saqlang, ayniqsa ularda yo‘tal, tumov yoki yuqori harorat bo‘lsa. Nafas yo‘llari infeksiyasidan aziyat chekayotgan inson yo‘talgan yoki aksirgan vaqtida virusli mayda tomchilarni atrofga tarqatib yuboradi. Siz shunday odamga juda yaqin turgan bo‘lsangiz, havoni yutish vaqtida virus bilan zararlanishingiz mumkin.

Imkoni boricha ko‘zingiz, burningiz va og‘zingizga qo‘l tegizmang

Nega? Qo‘llar virus bo‘lishi mumkin bo‘lgan juda ko‘plab sathlarga tekkiziladi. Infeksiyali qo‘lni ko‘z, burun yoki og‘izga tegizib qo‘yish bilan teridagi virus organizm ichiga kirib ketishi imkon berib qo‘yish mumkin.


Respirator gigiyena qoidalariga rioya qiling

Yo‘tal va aksirish vaqtida burun va og‘izni salfetka yoki bukilgan tirsak bilan to‘sing; selfatkani darhol qopqopli chiqindi konteyneriga tashlab yuboring va qo‘lingizni tarkibida spirt bo‘lgan antiseptik bilan tozalab tashlang yoki suvda sovunlab yuving. Agar yo‘tal va aksirish vaqtida burun va og‘zingizni qo‘l bilan berkitsangiz, mikroblar qo‘lingizga, undan siz teginishingiz mumkin bo‘lgan buyumlar yoki odamlarga o‘tishi mumkin.


Qo‘l berib ko‘rishmaslik kerakmi?

Ha. Nafas yo‘llari kasalliklarini keltirib chiqaruvchi viruslar qo‘l bilan ko‘rishish hamda ko‘z, burun va og‘izga qo‘l tekkizish vaqtida yuqishi mumkin. Salomlashmoqchi bo‘lsangiz, qo‘l silkiting, boshingizni qimirlatib qo‘ying yoki ta’zim qiling.


Niqob taqib yurish shartmi?

JSST niqobni COVID-19 belgilari (ayniqsa yo‘tal) paydo bo‘lganida yoki bemor odamga qarayotganda taqishni tavsiya qiladi. Bir martalik niqoblardan takroran foydalanish mumkin emas. Kishi o‘zining va yaqinlarining salomatligini asrashi bo‘yicha nisbatan samarali choralari yuqorida sanab o‘tildi.

Jamoat joylarida rezina qo‘lqoplar taqib yurishdan foyda bormi?

Yo‘q. Kishi rezina qo‘lqoplardan foydalanmay, qo‘lini ko‘proq yuvib yurgani holatida virusdan ko‘proq himoyalangan bo‘ladi. Koronavirus infeksiyasining qo‘zg‘atuvchisi qo‘lqopni ifloslantirishi mumkin. Shundan so‘ng bir teginish bilan virusni yuzingizga olib chiqishingiz va salomatligingizni xavf ostida qoldirishingiz mumkin.


Tana harorati ko‘tarilganda, yo‘tal paydo bo‘lganida yoki nafas olish qiyinlashganida imkon qadar tez tibbiy yordam so‘rab murojaat qiling

Ko‘rsatilgan o‘tilgan kasallik belgilarida zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilish lozim, chunki bu respirator infeksiya yoki boshqa jiddiy kasallik sabab ro‘y berayotgan bo‘lishi mumkin. Nafas olish organlaridagi shikastlanish simptomlari tana haroratining ko‘tarilishi bilan birga kuzatilsa, bunga, jumladan, COVID-19 kasalligi ham sabab bo‘lishi mumkin.


Agar o‘zingizni yomon his qilsangiz, hatto sizdagi kasallik belgilari, masalan, bosh og‘rig‘i yoki biroz tumov kabi yengil bo‘lsa-da, to‘liq sog‘ayib ketmaguningizga qadar uyda qoling. Atrofdagilar bilan muloqot qilishdan tiyilib va davolash muassasalariga bormay, siz bu muassasalarga samaraliroq ishlashga yordam berasiz hamda o‘zingiz va atrofdagilarni COVID-19 yoki boshqa virusli infeksiyalar bilan kasallanish ehtimolidan xoli etasiz.


Koronavirus bilan bog‘liq murojaatlar bo‘yicha ushbu qo‘llab-quvvatlash tarmog‘iga qo‘ng‘iroq qilish mumkin: 1003. Shuningdek, Sanitariya-epidemologiya osoyishtalik agentligi telefoniga ham murojaat qilish mumkin: 71-276-49-66.


Yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qiling

Yaqinlaringiz sog‘lig‘idan doimiy boxabar bo‘lib turing. Ularga foydali mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishni tavsiya qiling. Keksa qarindoshlaringizga oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish va to‘lovlarni amalga oshirishda yordam bering. Bolalarga osoyishta va to‘g‘ri tavsiyalar bering.


TELEGRAM CHANEL
CONTACT WITH AUTHOR
+998915616004
MANBA:GOOGLE

Report Page