Tojikistonda bir sutkada yana 90 kishida koronavirus aniqlandi, 6 kishi vafot etdi.

Tojikistonda bir sutkada yana 90 kishida koronavirus aniqlandi, 6 kishi vafot etdi.

@OLTIARIQ_TV24


Tojikistonda 8-may kuni kechasi koronavirusga chalinganlar soni 90 kishiga ko‘paydi, bemorlarning 6 nafari vafot etdi, deb xabar bermoqda Asia-Plus mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.

@Oltiariq_tv24

Shunday qilib, mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 612 nafarga yetdi, bemorlarning 20 nafari virus qurboni bo‘ldi.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlarida aytilishicha, 9-may kechki payt holatiga ko‘ra, 4 738 kishi tibbiy muassasalarda kuzatuvga olingan. So‘nggi sutkada 452 kishi yotqizilgan. Shuningdek, tibbiy tekshiruvlardan keyin kasalxonalardan 522 kishiga javob berilgan. Bir kun avval bu ko‘rsatkich 420 kishini tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holatlarning qayd etilgani 30-aprelda e’lon qilingan: Sog‘liqni saqlash vazirligi 15 nafar odamning COVID-19’ga chalinganini xabar qilgan. Ularning 10 nafari So‘g‘d viloyatida, 5 nafari esa Dushanbeda ekani aytilgandi.

Avvalroq JSSTning Tojikistondagi vakili o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qilgandi. U Tojikistonda koronavirusga chalinish holatlari yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarni shubha ostiga olmagani uchun keskin tanqidlarga uchragan. Natijada Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq dastlabki holatlar JSSTning Yevropa ofisi missiyasining mamlakatga kelish vaqti bilan bir paytda aniqlandi. Mazkur missiya ayni paytda Tojikistonda bo‘lib turibdi.

Bizni kuzatishda davom eting, eng qaynoq habarlar birinchilardan boʻlib @OLTIARIQ_TV24 telegram kanalida.!

Report Page