To‘y va marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berilmadi. Barcha hududlarda qaysi turdagi karantin cheklovlari saqlanib qoldi?

To‘y va marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berilmadi. Barcha hududlarda qaysi turdagi karantin cheklovlari saqlanib qoldi?

@OLTIARIQ_TV24
foto @Oltiariq_tv24

O‘zbekistonda hududlar uch toifaga ajratilgan holda karantin choralari yumshatilmoqda, ammo ayrim cheklovlarga amal qilish barcha hududlarda davom etadi. Ular quyidagilar:

Ijtimoiy masofani (2 metr)ni saqlash, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalardan foydalanishi;

Ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari, ko‘ngilochar obyektlar, buyum bozorlari faoliyati va jamoat transporti harakatini yo‘lga qo‘ymaslik;

Barcha turdagi ommaviy tadbirlar, oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni (dafn marosimlari 10-15 kishidan ko‘p bo‘lmagan hollar bundan mustasno) o‘tkazmaslik;

Dehqon bozorlari va oziq-ovqat savdo nuqtalarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash, har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37.0 C va undan yuqori bo‘lgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik;

Barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan ta’minlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyat yuritishini ta’minlash;

Qurilish-ta’mirlash ishlarida obyektlar hududini to‘liq karantinga olish va ularda sanitariya-gigiyena tadbirlarini amalga oshirib borish.

Eslatib o‘tamiz, 5-may kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatdagi epidemiologik holatdan kelib chiqib, karantin qoidalari bosqichma-bosqich yumshatilishi bildirildi. Shuningdek, viloyat, tumanlar va shaharlar “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (o‘rta xavfli) va “yashil” (xavfsiz) hududlarga ajratilishi belgilandi

O‘z navbatida, “qizil” toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek “yashil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlarda ushbu qaror bilan ruxsat berilgan faoliyat turlarini o‘rnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.


Report Page