ETIBORSIZLIK KUNDALIK ODATIMIZGA AYLANIB BORMOQDA. NEGA?..

ETIBORSIZLIK KUNDALIK ODATIMIZGA AYLANIB BORMOQDA. NEGA?..

🌐OLTIARIQ_TV

.....

Ushbu mavzu nom ostida maqola yozishimga kecha uchinchi aprel kech soatlarda televizor koʻrib oʻtirib Oʻzbekiston 24 kanali orqali muhtaram yurtboshimizni videoselektridagi. Halqimizga iltimosli murojatnomasi menga turtki berdi. Biz shunchalar ham be etibor boʻlibmizki butun olam nima bilan kurashayotganini hatto sezmayabmiz ham hozirgi vaqtda faqat bir mavzu butun yorug olamni qamrab oldi. Covid-19 yohud Korona virus qaerni qarama, qaerga boqma , eshitma faqat bir gap yuqorida yozganimday shu kasalik haqida yozilmoqda aytilmoqda, koʻrsatilmoqda insoniyat mukamal rivojlantirgan tibbiyoti ham bu kasalik oldida ojizligini koʻrsatdi. Bu maqolam bilan hozir bu kasalik yoki hozirgi rivojlangan tibbiyot haqida gapirish niyatidan yiroqdaman shunchaki halqimiz hozirdagi global muomo boʻlayotgan epidemiyani nimaligi. Uning salbiy oqibatlarini haligacha anglab yetmayabdi. Yurtboshimiz Sh , Mirziyoyev aytgande meni shaxrimda yoʻq qishlogimda yoʻq deb yurilyabdi insonlar bemalo har hil marosimu koʻcha koʻyda bemalo gurunglarni toʻhtatgan yoʻq ahir davlatga ham havas emas shuncha insoni uyda olib oʻtirish ahir hozir iqsodiyot toʻhtayotgan bir paytda hukumat faqat shu kasalik bilan bir qatorda uni iqsodiyotga tasirini yumsatish bilan kurashmoqda, biz fuqorolar nima qilyabmiz bemalo koʻchada yuribmiz yashirincha gap gashtaklar, marakayu toʻylar qilyabmiz va toʻhtatmayabmiz bu nimadan dalolat be etiborligimizdan ahir yangi. Zamonaviy zamonida oqibatsiz, loyoqatsiz , atrofimizda nimalar roʻy berayotganiga etibor bermaydigan boʻlib ketgandik qarang endi. Yaratgan Olloh barchamizga oyna tutmoqda hayotda hamma inson pul boylik davlat toʻplash bilan ovora boʻlib yahshilik oʻrniga bir birimizni aldab manfat topib pul ishlash yoʻliga oʻtganmiz edi lekin bu hozir ham davom etyabdi. Huddi muzlik davri multfilmdagiga ohshab muzlar erishi sabab hamma vahima sarosimaga tushgan bir paytda qandaydir hayvon esimda yoʻq hamma hayvonlarni yoniga topla aldab ularni suvda choʻkmaslik uchun, har hil moslamar sotadi, hayvonlarni aldab hozir ham shunday karantin vaqtidan foydalanib inson insonga yordab berish oʻrniga bozorlarda bazibir qoʻshtirnoq ichidagi sotuvchilarimiz oziq ovqat mahsulotlarini qimat narhlarda sotmoqda bu holatda uzoqdan kuzatib yo kulishni, yo yeglashni , bilmaysan nega biz har nimadan foydalanishni oʻrgandik bu mehr oqibatsizlik qachondan kirib keldi. Sotuvchilarni yani oʻsha foyda oluvchilarni ustiga bu kasalik kelmaydi deyilgan joyi bormi. Hali ham koʻzimiz ochilmabdi. Yuzimizga oyna tutildi, nega bu oynaga qarash oʻrniga koʻzimizni ochmayabmiz chunki qoʻrqamiz qalblarimiz toshga aylanayotgandi. Inson insoni oʻldirish odiy holga aylandi, oʻz ota onasi jigarlarni sariq chaqaga olmay qoʻymaslik modaga aylandi. Keksa ota onasiga qoʻl koʻtarish ularni qariyalar uyiga bezbetlarcha olib borishni shunchaki hodisaga aylantirdik yon qoʻshnimiz nima boʻlayotganidan ishimiz yoʻq qani buyuk bir mehribon halqni avlodi. Bu bilan men butun boshli elni nazarda tutmadim hayotimizda shu narsalar yoʻq faqat u otalar soʻzida shunchaki toʻqib qoʻyishyabdi, deb koʻksimizni tog qilib aytolamizmi yoʻq afsus aksincha bu narsalar hayotda roʻy bermoqda bizga oyna boʻlmish covid-19 hamma narsani birma bir koʻrsatmoqda hamma narsani boshidan boshlashga undamoqda koshki bu bizga saboq boʻlib oqibatli, mehrli boʻlsak faqat tarbiyani internetdan telefondan emas kottalardan olaylik qoʻyin qoʻlingizdagi shu telefonlarni bir soatga boʻlsam atrofga boqin yaqinlaringiz bilan qachon miriqib gaplashib diydorlashib oʻtirganizni eslolmasangiz ham kerak faqat nonishtada ovqat mahal bir telga qarab bir ovqat qarab yeb oʻtirishni odat ham qilib olgan edik keling shu fursatlardan foydalanib onajonimizni mehriga toʻyib toʻyib olaylik ularni yahshi koʻrishimizni, aytaylik otamizni hayot yoʻlidagi tajribalariga quloq solib aka ukalarimiz opa singilarimiz bilan bir dasturhon atrofida yoshlikdagi kunlarni eslaylik vaziyat qanchalik yomon boʻlishidan qatiy nazar keling shu kunlardan foydalanib uyda oʻtirib bir diydorlashaylik ollohga duo qilib bu baloyi ofatlarni Dunyodan yurtimizdan koʻtarishini soʻraylik unutmang har bir banda ham oʻzimizga oʻhshagan inson ular ham bir kun boʻlsada yashashni istaydi. Meni joyimda yo boshqa mamlakatdaku yoki urush boʻlsa ham televizorda boʻlorsin deyishni bas qilaylik shu narsalar bizni yerimizda boʻlmasligiga kim kafolat beradi, hech kim birni koʻrib fikr qil birni koʻrib zikr qil degan dono halqimiz, bu soʻzim ohiri edi maqolam mazmunsiz boʻlgan boʻlsa yoki sizni dilingizga ozor beradigan soʻzlar yozgan boʻlsam sizlardan uzr soʻrayman lekin ajdodlarimizga mos avlod boʻlaylik ....


hurmat bilan Diyorbek...!

#uyda qolin

#qalban birgamiz

#oqibatni unutmaylik 

#mehr koʻrsataylik

Report Page