Moskva meriyasi koronavirus sabab ishsiz qolgan shahar aholisiga 19,5 ming rubldan kompensatsiya to‘laydi.

Moskva meriyasi koronavirus sabab ishsiz qolgan shahar aholisiga 19,5 ming rubldan kompensatsiya to‘laydi.


🌐OLTIARIQ_TV

...

Moskva meriyasi koronavirus sabab ish joyidan ayrilgan shahar aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqdi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin xabar berdi.


Foto. Oltiariq_tv


Xususan, hukumat ishsizlarga mintaqaviy kompensatsiya to‘lash tartibini joriy etadi. Ishsizlik uchun beriladigan va yangi turdagi kompensatsiyaning umumiy miqdori — oyiga 19 500 rubl.

Ta’kidlanishicha, to‘lovlar azirasiz, avtomatik ravishda belgilanadi.

Shuningdek, Moskva shahrining barcha aholisi uchun uy sharoitida izolyatsiyalanish rejimi joriy etildi. Unga ko‘ra, moskvaliklar zarur ehtiyoj bo‘lmaganda tashqariga chiqishlari mumkin emas.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada COVID-19 koronavirus bilan kasallanganlar soni 1534 kishiga yetgan.

Avvalroq Rossiya COVID-19’ni davolashda foydalanishi mumkin bo‘lgan preparat nomini e’lon qilgandi. Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 680 ming kishidan oshdi, qurbonlar soni 31 mingdan ziyod. O‘zbekistonda 29-mart Toshkent vaqti bilan soat 20:15 holatiga ko‘ra, 144 kishi kasallangan, ikki kishi vafot etgan, yetti kishi sog‘aygan.



Report Page