Toliblar hukumat armiyasi bilan koronavirusga qarshi kurashda birlashdi.

Toliblar hukumat armiyasi bilan koronavirusga qarshi kurashda birlashdi.

🌐OLTIARIQ_TV
foto sputnik Afganistan


Toliblar Afgʻoniston armiyasi ortidan koronavirusga qarshi kurashga qaratilgan faol kampaniyani boshlab yubordi, deb xabar qilmoqda Sputnik Afgʻoniston.


Xabarda aytilishicha, "Tolibon"*ga boʻysunuvchi hududlarda jangarilar tinch aholiga koronavirusga qanday qarshi turish boʻyicha maslahatlar berilgan varaqalar tarqatishmoqda.

Toliblar, shuningdek, odamlarga sovun va tibbiyot niqoblarini ham tarqatmoqdalar.

Jangarilar vakili soʻzlariga koʻra, hozirda "Tolibon" uyushmasi alohida diagnostika va davolash markazlarini tashkil etish va ishga tushirish maqsadida fondga mablagʻlar ajratish boʻyicha ishlar olib bormoqda. Bundan tashqari, toliblar, xalqaro tashkilotlarni ham koronavirusga qarshi kurashda hamkorlikka chorlaganlar.


Shuni taʼkidlash joizki, 24 mart sanasidan buyon toliblar hech qanday jangovar yoki tajovuzkor harakatlarni amalga oshirgani yoʻq. Kim bilsin, Afgʻonistondagi tinchlik kelishuvi masalasida AQSH emas, balki koronavirus yordam berar.


Ilgariroq, Afgʻoniston sogʻliqni saqlash vaziri Ferozuddin Feroz koronavirus tarqalishi oqibatida mamlakatda 110 mingga yaqin kishi halok boʻlishi mumkinligi haqida bayonot bergan.


Afgʻonistonda 27 mart kuniga qadar koronavirusni yuqtirganlik boʻyicha 94ta holat aniqlangan.

Report Page