Koronovirus sababli “Inter” Yevropa Ligasi 1/16 finali javob o‘yinini tomoshabinlarsiz o‘tkazadi

Koronovirus sababli “Inter” Yevropa Ligasi 1/16 finali javob o‘yinini tomoshabinlarsiz o‘tkazadi

🌐OLTIARIQ_TV

°°°

Foto: Getty Images

Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi musobaqasining 1/16 final javob bahsidan o‘rin olgan “Inter” — “Ludogorets” uchrashuvi tomoshabinlarsiz o‘tadi.

UEFA klublarga bu borada tegishli xat yuborgan. O‘yin 27-fevral, payshanba kuni Milanda bo‘lib o‘tadi.

Football Italia nashrining xabar qilishicha, A Seriya 26-turidan o‘rin olgan “Udineze” — “Fiorentina”, “Milan” — “Jenoa”, “Parma” — SPAL, “Sassuolo” — “Breshia”, “Yuventus” — “Inter”, “Sampdoriya” — “Verona” uchrashuvlari ham bo‘sh stadionlarda o‘tadi.

Italiyada 229 nafar odam koronavirusga chalingan, olti kishi vafot etgan, faqat bir nafari kasallikdan tuzalgan. Avvalroq Veneto va Lombardiya hududlaridagi barcha ommaviy tadbir hamda sport musobaqalari bekor qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda “Inter” 2:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Report Page