Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etildi.

Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etildi.

🌐OLTIARIQ_TV

Hirotda favqulodda holat e’lon qilindi

Foto: AFP

Afg‘onistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirish bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. “RIA Novosti”ning yozishicha, bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Firozuddin Firuzga tayanib 1TV News telekanali xabar berdi.

Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirining so‘zlariga ko‘ra, 23-fevral kuni Hirot viloyatida koronavirus infeksiyasi alomatlari borligi taxmin qilingan uchta bemor ro‘yxatga olingan, tekshiruvlar ularning birida virusni yuqtirib olganini tasdiqlagan.

Qayd etilishicha, sog‘liqni saqlash vaziri Hirotda favqulodda holat e’lon qildi.

Avvalroq Tolo News telekanali Eronning Qum shahrida bo‘lib qaytgan uch afg‘onistonlikda koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinayotgani haqida xabar bergan edi. Qum — Erondagi koronavirus o‘chog‘i bo‘lib turibdi; Eronda 19-fevraldan hozirga qadar koronavirusga chalingan 43 kishi aniqlangan, yetti kishi vafot etgan.

Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusning umumiy qurbonlari soni 2592 kishiga yetgan. Eron koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Xitoydan so‘ng ikkinchi mamlakatga aylandi. Armaniston Eronda koronavirus infeksiyasi tarqala boshlagani munosabati bilan islom respublikasi bilan chegarasini yopdi va ushbu mamlakat bilan aviaqatnovlarni ikki haftaga to‘xtatadi.

Turkiya hukumati ham xuddi shunday choralar ko‘rishini ma’lum qilganAfg‘oniston va Gruziya Eron bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgan, Pokiston esa xuddi Armaniston va Turkiya kabi Eron bilan chegarani vaqtincha yopgan.

Report Page