coca-cola

coca-cola

🌐OLTIARIQ_TV

1886-yil 29-martda Atlantada polkovnik Djon Pemperton, ma'lumoti bo’yicha farmasevt, bosh og’rig’idan bir chora topish uchun izlanishlar olib boradi. Shu maqsadda karamel rangli allambalo sharbat tayyorlaydi. Sharbat tayyorlashda koka barglarini qaynatmasi, shakar va kofein ishlatadi. Sirop shirin va quyuq bo’lib, tetiklik xususiyatiga ega bo’ladi. Pemberton kashfiyotining mazasidan zavqlanib o’z mahsulotini “Djeykobs” dorixonalarida 1 stakani 5 sentdan sota boshlaydi. Keyinchalik sharbatga gazli suv qo’shiladi. Taxminan, shu paytdan sharbat “Coca-Cola” deb nomlanadi. Sharbat nomi va yozuvini Djon Pembertonning do’sti va sherigi Frenk Robinson o’ylab topadi. Pemberton o'limidan so'ng muvaffaqiyatli biznesmen Aza Kendler “Coca-Cola” retseptini uning bevasidan 2300 dollarga sotib oladi. Ichimlik metall idishda chiqa boshlaydi. 10 yil mobaynida “Shifobaxsh ichimlik” hisoblandi. 1893-yil 31-yanvar kuni Amerika Qo’shma Shtatlarda “Coca-Cola” tovar belgisini oldi va rasmiy ravishda qayd etiladi. Aynan shu 1893-yilda Nyu-Bernlik yosh farmasevt Kaleb Bredxem gazli suv, shakar, vanil, noyob yog’lar va kola yong’oqlaridan foydalanib farmasevtik aralashma ustida tajribalar o’tkazadi. Bu “Bred ichimligi” aptekalarda quvvatlantiruvchi, quvnoqlantiruvchi va ovqatni hazm qiluvchi sharbat sifatida sotila boshlaydi. Besh yildan so’ng ichimlikga (pepsin - hazm qildiruvchi ferment va kola yong’oqlari qo’shilganligi uchun) “Pepsi-Cola” nomi beriladi. 1902-yili Kaleb Bredxem “Pepsi-Cola company” kompaniyasini tashkil etadi. Mana bir asrdan beri ikki taniqli «Coca-Cola» va «Pepsi-Cola» dunyodagi eng ommalashgan ichimlik nomini olish uchun bellashmoqdalar

Report Page