Coca Cola kompaniyasi haqida qiziqarli faktlar

Coca Cola kompaniyasi haqida qiziqarli faktlar

Hojiakbar

Coca Cola 1886 yilda rasman ishga tushirildi va hozirda 134 yoshga to'ldi.

Ichimlik 1889-yil 8-mayda (Jorjiya shtati, AQSh) Atlantada oʻylab topilgan. Uning avtori farmatsevt John Stith Pemberton. Ichimlikni nomini Pembertonning hisobchisi Frenk Robinson kalligrafiya bilan chiroyli qilib „Coca-Cola“ soʻzini yozadi. Bu soʻz hozirgi kungacha ichimlikning logotipi boʻlib qoʻllanilib kelyapti.

Manba: cocacola.uz

Dunyo aholisining qariyb 96 foizi Coca-Cola logotipini taniydi. 

2015 yilda Coca Cola Apple va Googledan keyin dunyodagi uchinchi qimmatbaho brendga aylandi.

  Dunyoning faqat ikkita mamlakati Coca-Colani sotmaydi: Shimoliy Koreya va Kuba.

Coca Cola birinchi yili atigi 25 shisha ichimlik sotgan. Bugungi kunga kelib u kuniga 1,8 milliard shisha sotmoqda.

 "Coca-Cola" kompaniyasi reklamaga juda katta pul ajratadi. Wikipediya saytiga tayanilsa, 2011-yilda reklama uchun 3 milliard dollar sarflagan.

Coca Cola brendi 83,8 milliard dollarga baholanmoqda. Bu Budweiser, Subway, Pepsi va KFClarni qo‘shib hisoblaganda ham bu miqdorga teng kela olmaydi degani.

  Coca Cola Ichimligi Uzbekistan LTD kompaniyasi Oʻzbekistonda faoliyatini 1993-yilda boshlagan boʻlib, korxonaning rasmiy ochilishi marosimi 1994-yil mart oyida boʻlib oʻtgan. 1997-yilda Namangan va Urganch shaharlarida kompaniya zavodlari qurilgan. 1998-yili Toshkentning Bektemir tumanida qurilgan megazavod oʻz vaqtida Coca-Cola ishlab chiqarish boʻyicha Oʻrta Osiyodagi eng yirik zavod boʻlgan. Hozirgi kunda Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan LTD kompaniyasi Coca-Cola ichimligidan tashqari, Fanta, Sprite ichimliklari va Bonaqua brendi ostidagi gazli va gazsiz suvlarini isteʼmolchilarga yetkazib kelmoqda.

Report Page