Что такое блокчейн?

Что такое блокчейн?


Blockchain(от англ. «Block» – блок и «Сhain» - цепочка) – это способ хранения данных или цифровой реестр транзакций, сделок, контрактов. Всего, что нуждается в отдельной независимой записи и, при необходимости, в проверке. В блокчейне можно хранить данные о выданных кредитах, правах на собственность, нарушении правил дорожного движения, бракосочетаниях. То есть практически обо всем. Главным его отличием и неоспоримым преимуществом является то, что этот реестр не хранится в каком-то одном месте. Он распределён среди нескольких сотен и даже тысяч компьютеров во всем мире. Любой пользователь этой сети может иметь свободный доступ к актуальной версии реестра, что делает его прозрачным абсолютно для всех участников.

Технически блокчейн - это распределённая база данных, у которой устройства хранения данных не подключены к общему серверу. Эта база данных хранит постоянно растущий список упорядоченных записей, называемых блоками. Каждый блок содержит метку времени и ссылку на предыдущий блок.

В технологию блокчейн изначально заложена безопасность на уровне базы данных. Концепцию цепочек блоков предложил в 2008 году Сатоши Накамото (Satoshi Nakamoto). Впервые реализована она была в 2009 году как компонент цифровой валюты — биткоина, где блокчейн играет роль главного общего реестра для всех операций.

Процесс шифрования, известный как хеширование, выполняется большим количеством разных компьютеров, работающих в одной сети. Если в результате их расчетов все они получают одинаковый результат, то блоку присваивается уникальная цифровая сигнатура (подпись). Как только реестр будет обновлён и образован новый блок, он уже больше не может быть изменён. Таким образом подделать его невозможно. К нему можно только добавлять новые записи. Важно учесть то, что реестр обновляется на всех компьютерах в сети одновременно.

Применение шифрования гарантирует, что пользователи могут изменять только те части цепочки блоков, которыми они «владеют» в том смысле, что у них есть закрытые ключи, без которых запись в файл невозможна. Кроме того, шифрование обеспечивает синхронизацию копий распределённой цепочки блоков у всех пользователей. Безопасность в технологии блокчейн обеспечивается через децентрализованный сервер, проставляющий метки времени, и одноранговые сетевые соединения. В результате формируется база данных, которая управляется автономно, без единого центра. Это делает цепочки блоков очень удобными для регистрации событий и операций с данными, управления идентификацией и подтверждения подлинности источника.

В чём важность технологии блокчейн?

Методы платежей через интернет появились практически в момент рождения этой сети (наиболее очевидный пример — PayPal), но они, как правило, требуют интеграции с банковским счётом или кредитной картой, иначе их нельзя полноценно использовать.

Технология блокчейн предлагает заманчивую возможность избавиться от этого «лишнего звена». Она может взять на себя все три важные роли, которые традиционно играет сектор финансовых услуг: регистрация сделок, подтверждение подлинности личности и заключение контрактов.

Перевод хотя бы части этой системы на технологию блокчейн приведёт к разрыву большого числа связей в сфере финансовых услуг, но одновременно позволит значительно повысить эффективность таких услуг.

Сферы применения блокчейна

Сущность «цепи блоков» как общедоступной, распределенной и 100% достоверной базы данных делает применение блокчейн весьма привлекательным для компаний, работающих в разных областях. В настоящее время уже существует ряд расширений для разработки бизнес-приложений на блокчейн, обеспечивающих:

  • безопасное администрирование сетей, исключающее хакерские атаки MIM («человек посередине») и снимающее проблему «единого администратора»;
  • хранение цифровых сертификатов, делающее полностью защищенным доступ пользователей к сайтам (в частности, исключая перехват паролей);
  • безопасные двусторонние сделки без привлечения гарантирующей третьей стороны (юридической фирмы, нотариуса, банка и др.);
  • фиксацию времени размещения документов, позволяющую решать вопросы патентования, авторского права и др.;
  • подтверждение подлинности продукта (товара) с помощью надежно защищенного сертификата;
  • подтверждение прав на любую собственность; создание общедоступных электронных визиток, информация на которых автоматически обновляется даже после «раздачи» по интернет-ресурсам; систему DNS, неуязвимую для DDOS-атак, и другое.



Информация с сайта:

https://mining-cryptocurrency.ru/blockchain/

https://habrahabr.ru/company/iticapital/blog/340992/

https://golos.io/ru--golos/@aleco/prosto-i-dostupno-o-blockchain-chto-eto-i-kak-rabotaet



Blokcheyn nima?

Blockchain (ingliz tilidan “Block” – blok va “Chain” – zanjir) – bu ma’lumotlar saqlash usuli yoki tranzaksiyalar, kelishuvlar, shartnomalarning raqamli ro`yxati. Alohida qayd etish va, zaruriyat bo`lsa, tekshirishni talab etuvchi barcha ma’lumotlar ro`yxati. Blokcheynda berilgan kreditlar, mulkka egalik huquqi, yo`l harakati qoidalarini buzish bilan bog`liq holatlar, nikoh tuzilganligiga oid ma’lumotlar saqlanishi mumkin. Ya’ni ma’lumotlar deyarli barcha sohani qamrab olishi mumkin. Uning asosiy farqi va rad etib bo`lmas afzalligi shundaki, mazkur ro`yxat ma’lum bir joyda saqlanmaydi. U butun dunyo bo`yicha bir necha yuz va hatto minglab kompyuterga joylashtiriladi. Ushbu tarmoqning istalgan Foydalanuvchisi ro`yxatning ayni damdagi holatini ko`ra olishi mumkin, bu bilan ma’lumotlar barcha ishtirokchilar uchun to`liq shaffof bo`lishi ta’minlanadi.

Texnik jihatdan, blokcheyn – ma’lumotlarning tarqatilgan bazasi bo`lib, unda ma’lumotlarni saqlash qurilmasi umumiy bir serverga ulanmagan. Mazkur ma’lumotlar bazasida doimiy ravishda kengayib boruvchi tartibga solingan yozuvlar, ya’ni bloklar ro`yxati saqlanadi. Har bir blok vaqt belgisi va avvalgi blokka havoladan iborat bo`ladi.

Blokcheyn texnologiyasi boshidanoq ma’lumotlar bazasi darajasidagi xavfsizlik bilan ta’minlangan. Zanjirlar konsepsiyasi 2008-yil Satoshi Nakamoto tomonidan taklif qilingan. U 2009-yilda ilk bor raqamli valyuta – bitkoin tarkibiy qismi sifatida amalga tatbiq etilgan. Bunda blokcheyn bitkoin bilan bog`liq barcha operatsiyalarning umumiy reyestri, ya’ni ro`yxati vazifasini bajaradi.

Heshing nomi bilan mashhur shifrlash jarayoni bir tarmoqda ishlovchi katta hajmdagi turli kompyuterlar tomonidan amalga oshiriladi. Agar ularning hisob-kitoblari natijasi bir xil chiqsa, blokka faqat ungagina xos bo`lgan raqamli signatura (imzo) beriladi. Reyestr yangilanib, yangi blokka aylantirilgach, unga boshqa o`zgartirish kiritib bo`lmaydi. Shu tariqa, uni qalbakilashtirishning ilojisi bo`lmaydi. Unga faqatgina yangi qo`shimchalar kiritish mumkin bo`ladi. Qayd etish joiz, reyestrdagi ma’lumotlar tarmoqdagi barcha kompyuterlarda bir vaqtda yangilanadi.

Shifrlashning qo`llanilishi foydalanuvchilar tomonidan bloklar zanjirining faqat ulargagina tegishli qismlari o`zgartirilishi, bloklardagi yopiq joylarga qo`shimcha kiritilishidan himoya qilishning kafolati bo`lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, shifrlash nusxalarning zanjir bloklari tarqalgan barcha foydalanuvchilarda o`zaro muvofiqlashishini ta’minlaydi.

Blokcheyn texnologiyasida xavfsizlik vaqt beligisini yozib qo`yadigan markazlashmagan server hamda bir turdagi tarmoq birlashmalari orqali ta’minlanadi. Natijada ma’lumotlar bazasi hech qanday markaz yordamisiz avtonom ravishda boshqariladi. Bu ma’lumotlar bilan bog`liq operatsiyalarni ro`yxatga olish, muvofiqlashtirishni boshqarish hamda manbalar haqiqiyligini tasdiqlashda bloklar zanjiri qulay bo`lishini ta’minlaydi.

Blokcheyn texnologiyasining ahamiyati nimada?

Internet orqali to`lovlarni amalga oshirish metodlari (eng keng tarqalgan turi - PayPal) ushbu tarmoq yaratilgan vaqtda paydo bo`ldi, biroq ushbu metodlar bank hisobi yoki kredit kartasi bilan bog`lanishni talab qiladi, aks holda ularni to`liq ishlatib bo`lmaydi.

Blokcheyn texnologiyasi mazkur “ortiqcha bo`g`in”dan qutilish imkonini beradi. U odatda moliyaviy xizmatlar sohasi bajarib kelgan 3 muhim vazifani bajaradi: kelishuvlarni ro`yxatga olish, shaxsni aniqlashni tasdiqlash va shartnomalar tuzish.

Mazkur tizimdagi faqatgina shu qismning blokcheyn texnologiyasiga o`tkazilishi ham moliya xizmatlari sohasida katta hajmdagi aloqalar uzilishiga olib keladi, biroq shu bilan bir vaqtda, bu holat ushbu xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Blokcheyndan foydalanish mumkin bo`lgan sohalar

“Bloklar zanjiri”ning barcha foydalana oladigan, tarqalgan va 100 foiz ishonchli ma’lumotlar bazasi ekanligi turli sohalarda faoliyat olib boruvchi kompaniyalarni blokcheyndan foydalanishga jalb etadi. Hozirgi kunning o`zida blokcheynda biznes dasturlar ishlab chiqarish uchun qator kengayishlar ishlab chiqilgan. Ular quyidagi vazifalar amalga oshirilishini ta’minlaydi:

  • Tarmoqlarni MIM (odam vositachiligida) turdagi xakerlik hujumlaridan himoya qilgan hamda “yagona ma’mur” muammosini hal qilgan holda xavfsiz boshqarish
  • Raqamli sertifikatlarni saqlash va bu orqali foydalanuvchilarning saytlarga himoyalangan holda kirishlariga erishish (xususan, parollar ushlab olinishiga yo`l qo`ymaydi)
  • Kafillik qiladigan uchinchi tomonsiz (yuridik firma, notarius, bank va b.) xavfsiz kelishuvlarga erishish
  • Patentlash, mualliflik huquqi va b. holatlar bilan bog`liq muammolarni hal qilish imkonini beradigan hujjatlar kiritilgan vaqtni qayd etish vazifasi;
  • Mahsulot (tovar)ning haqiqiyligini ishonchli himoyalangan sertifikat yordamida tasdiqlash
  • Istalgan mulkchilik shakliga egalik huquqini tasdiqlash; barcha ko`ra olishi mumkin bo`lgan, internet-resurslar orqali tarqatilganidan so`ng ham ulardagi ma’lumotlar avtomatik tarzda yangilanib turishi ta’minlangan elektron tashrif qog`ozlarini tayyorlash; DDOS-hujumlarga qarshi tura oladigan DNS tizimini tuzish va b.


Report Page