Chevrolet Cobalt

Chevrolet Cobalt

03.06.2021

Chevrolet Cobalt – GM korporatsiyasining Braziliyadagi bo‘limining dizaynerlari tomonidan GM kompaniyasining avtomobillarni ishlab chiqish standart global jarayonlaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan oilaviy sedan modelidir. Cobalt modeli GM ning global guruhi tomonidan o‘z pog‘onasida jahon etaloniga aylanadigan va o‘sib rivojlanayotgan bozorlarda sotish bo‘yicha yetakchi bo‘la oladigan darajada ishlab chiqilgan. Chevrolet Cobalt qulaylik, nafislik va yuksak dinamik xususiyatlarni, hamda eskirmaydigan an’anaviy klassik dizayn qiyofasini o‘zida mujassamlashtiradi. A’lo xavfsizlikni ta’minlash uchun, o‘ta mustahkam po‘latdan ishlab chiqariladigan Chevrolet Cobalt rusumli avtomobil, ABS (antibloklash tormoz tizimi) bilan, hamda haydovchi va oldingi yo‘lovchi uchun xavfsizlik yostiqchalari bilan jihozlangan.

COBALT


COBALT


COBALT

Siz Chevrolet Cobalt ning ichida birinchi bo‘lib yuksak baholaydigan jihat — kengligidir. Chevrolet kompaniyasining firmaviy konsepsiyasida salon — «ikkitalik kokpit» ham haydovchi uchun, ham yo‘lovchilarning har biri uchun qulaylik yaratadi. Chevrolet Cobalt ni yaratayotganda, bizning muhandislarimiz haydovchining o‘rni tashkil etilishiga alohida e’tibor berganlar: asosiy boshqarish paneli doimo qo‘l ostida, ichki ko‘rinishida esa foydali buyumlar uchun juda ko‘p qulay bo‘limlar va tokchalar ko‘zda tutilgan.

COBALT
563 L
2
8.5/9 L
ABS
MT5/AT6
MODIFIKATSIYALARI


Report Page