Xitoy

Xitoy

Sultan-admin

XitoyXitoy Xalq Respublikasi (xitoycha 中華人民共和國 - 中华人民共和国 - Zhōnghuá Rénmín Gònghéguó), XXR — Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. Dunyoda aholisi eng kup va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biri. Sharqda Tinch okeanning Sariq, Sharkay Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydoni 9,6 mln. km². Aholisi 1 mlrd. 394mln. kishi (2003). Poytaxti — Pekin shahri Maʼmuriy jihatdan 23 provinsiya (Xitoy Taypeyi ham shu hisobga kiradi), 5 muxtor rn va markazga boʻysinuvchi 4 shahar (Pekin, Shanxay, Tyendzin, Chunsin)ga boʻlinadi.

Davlat tuzumi

Xitoy Xalq Respublikasi. Amaldagi konstitutsiyasi 1988 yil 4 dekabrda qabul qilingan; 1988, 1993, 1999 yillarda ayrim tuzatishlar kiritilgan. Konstitutsiyaga koʻra, Xalq vakillari Umumxitoy majlisi (XVUM) davlat hokimiyatining oliy organi. XVUM davlat boshligʻi — XXR raisi (2003 yildan Xu Jintao) va uning oʻrinbosarlarini saylaydi. Krnun chiqaruvchi hokimiyatni XVUM amalga oshiradi. XVUM provinsiya, muxtor rn, markazga boʻysunuvchi shaharlar va qurolli kuchlar tomonidan saylanadigan deputatlardan iborat. XVUMning doimiy ishlovchi organi Doimiy qoʻmitadir. XVUM vakolat muddati 5 yil Ijroiya hokimiyatni Davlat kengashi (hukumat) amalga oshiradi. U XVUM va uning doimiy qoʻmitasi oldida hisob berib turadi. Davlat kengashining vakolat muddati 5 yil

Oʻzbekiston — Xitoy Xalq Respublikasi munosabatlari

Rasmiy nomi Xitoy Xalq Respublikasi. Poytaxti — Pekin shahri. BMT aʼzosi.

Xitoy Gʻarbiy Osiyoda joylashgan boʻlib, maydoni 9,6 mln. km2 ni tashkil etadi. Osiyodagi yirik davlat hisoblanadi, jahonda esa maydoni jihatidan Кanada va Rossiyadan keyin 3-oʻrinda turadi. Xitoy quruqlikda 14 davlat bilan chegaradosh, ular: Afgʻoniston, Butan, Myanma(Birma), Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Laos, Mongoliya, Nеpal, Pokiston (talash hudud boʻlgan Кashmir), KXDR, Rossiya, Tojikiston va Vyеtnam. Chegaralarning umumiy uzunligi 22 117 km. Dengiz boʻylab esa Shimoliy Koreyadan Vyetnamgacha, Gʻarbiy Xitoy dengizi, Koreys koʻrfazi, Sariq dengiz va Janubiy Xitoy dengizi, Tayvan oroli bilan Tayvan boʻgʻozi orqali 14 500 kilometr uzunlikda tutashgan. Xitoyni 1949-yildan Kommunistlar partiyasi boshqarib keladi. Xitoy faqat bir partiyali mamlakat hisoblanadi.


Universitetlar:



<---Davlatlar

<---Bosh menyu

Report Page