CCNA

CCNA

@ezohid

Assalomu alaykum. Bu yerda men endi o'zim o'rgangan bilimlarimni o'zbek tilida siz bilan bo'lishib borishga harakat qilaman. Shu yilni oxirigacha CCNA (Routing&Switching) sertifikatini olishga qaror qildim. O'rganganlarimni yozib borish birinchidan o'zimga foydali, ikkinchidan balki taqdirni taqozasi bilan rus yoki ingliz tilini o'rganishga imkoniyati bo'lmagan, lekin tarmoq texnologiyalari va ingliz tilini o'rganishga ishtiyoqi bor insonlar uchun foydali bo'ladi deb o'ylayman. CCNA imtihonini bugundan boshlab 6 oy ichida, ya'ni 15-sentabrgacha topshirishga qaror qildim. Imtihonga tayyorlanish uchun haftasiga kamida 10 soat sarflayman. Har bir mavzu shoshilmasdan, atroflicha va bir nechta manbalardan o'rganiladi. Shuningdek nazariy bilimlarni amaliy tajrabalar orqali mustahkamlab borish lozim. Bunda bizga Cisco kompaniyasining Packet Tracer dasturi yordam beradi. Dasturni shu yerdan ko'chirib olishingiz mumkin. Ko'chirib olishdan avval sizdan ro'yxatdan o'tishingiz so'raladi. Manbaga dasturni saqlab olishdan tashqari imtihonga tayyorlanish uchun ham ro'yxatdan o'tishingiz lozimligini hisobga olgan holda, boshqa, registrasiya talab qilmaydigan saytlarni izlamadim. CCNA imtihoniga tayyorlanishda kitoblar, youtube va internetdan foydalanamiz. Hammasi bepul. Dastur ham. Qani ketdik! 


Report Page