C1

C1

dtm.uz asosida Kamol Narqulov

Online ariza berish

  1. www.dtm.uz saytiga kiring va Chet tili boshqarmasi oynasini tanlang.
  2. “Milliy sertifikat” sahifasini tanlang.
  3. Ro'yxatdan o'tish sahifasini tanlang.
  4. Ketma-ketlik bo‘yicha o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni to‘g‘ri kiriting.
  5. Shaxsiy kabinetingizga kirish orqali to‘ldirgan onlayn arizangizni va to‘lov kvitansiyasini pdf formatida yuklab oling va printerdan chop eting.
  6. Onlayn ariza va to‘lovlarni amalga oshirganingizdan so‘ng Davlat test markaziga yoki uning hududiy bo‘linmalariga barmoq izini topshirishingiz so'raladi:


C1 darajadagi talabgor:

- katta hajmdagi murakkab matnlarni ochiq aytilmagan ma’nolarigacha tushuna oladi.

- tayyorgarliksiz tez gapira oladi va fikrini ifodalash uchun so‘z tanlashda qiyinchilik sezmaydi.

- tilni ijtimoiy, ilmiy va professional muloqot uchun samarali ishlata oladi.

- xorijiylar bilan muloqot qilish jarayonida ikkala tomon uchun ham qiyinchilik tug‘dirmaydigan darajada tez gaplashadi.

- turli mavzularda aniq, batafsil xabarlar tuza oladi.

- murakkab mavzularda aniq, yaxshi strukturalangan matnlar tuza oladi.

C1 daraja imtihoni 3 soat 30 daqaiqa davom etadi va quyidagi bo’limlardan iborat:

1-bo‘lim: Tinglab tushunish (taxminan 30 daqiqa / 3 qism / 30 savol)

2-bo‘lim: O‘qish (1 soat / 3 qism / 30 savol)

3-bo‘lim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (30 daqiqa / 2 qism / 30 savol)

4-bo‘lim: Yozish (1 soat 20 daqiqa / 3 topshiriq)

5-bo‘lim: Gapirish (20 daqiqa / 3 qism / 30 ball)


1-bo‘lim: Tinglab tushunish (taxminan 30 daqiqa / 3 qism / 30 savol)

Tinglab tushunish bo‘limida har bir matn bir marta eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin matnga tegishli savollar bilan tanishib chiqish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.

1-qism (10 savol)

Matn turi: radio- va tele – reportajlar, intervyular.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: keng qamrovli, tilning ayrim nostandart ishlatilish holatlarini ham o‘z ichiga olgan audio tasma va axborot materiallarini tushunish.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (10 savol)

Matn turi: audiokitoblar yoki asarlar radiopostanovkalaridan parchalar.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: keng ko‘lamli nutqlarni aniq tuzilmagan hollarida ham tushunish va ulardagi ochiq-oydin va yashirin fikrlarni ham yetarli darajada anglay olish.

Savollar turi: yopiq test.

3-qism (10 savol)

Matn turi: ma’ruzalar, bayonotlar, taqdimotlar, munozaralar hamda ilmiy va ixtisoslikka oid boshqa turdagi nutqlar.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: o‘z mutaxassislik sohalariga oid bolmagan abstrakt va murakkab mavzulardagi keng ko‘lamli nutqlarni tushunish.

Savollar turi: yopiq test.

2-bo‘lim: O‘qish (1 soat / 3 qism / 30 savol)

1-qism (10 savol)

Matn turi: zamonaviy badiiy matndan parcha (matn hajmi - taxminan 1000 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: kichik detallarning ham muhim jihatlari, qarashlar, ochiq-oydin yoki birmuncha yashirin bayon etilgan fikrlarni tushuna olish.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (10 savol)

Matn turi: murakkab ommabop materiallar - gazeta, jurnal, Internet maqolalari (matn hajmi - taxminan 1000 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: o‘z mutaxassislik sohalariga oid yoki oid bo‘lmagan keng ko‘lamli birmuncha uzun va murakkab matnlarni tushuna olish.

Savollar turi: tushirib qoldirilgan gaplar bilan matnni to‘ldirish.

3-qism (10 savol)

Matn turi: akademik matnlardan parcha (matn hajmi - taxminan 1000 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: o‘z mutaxassislik sohalariga oid yoki oid bo‘lmagan keng ko‘lamli birmuncha uzun va murakkab matnlarni tushuna olish.

Savollar turi: yopiq test (to‘g‘ri/noto‘g‘ri/berilmagan); moslashtirish.

3-bo‘lim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (30 daqiqa / 2 qism / 30 savol)

1-qism (15 savol)

Matn turi: ommabop matn (matn hajmi - taxminan 300 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: leksik birliklarni (polisemik so‘zlar va sinonimlarni) berilgan kontekstda to‘g‘ri qo‘llay olish.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (10 savol)

Matn turi: ilmiy matn (matn hajmi - taxminan 250 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: murakkab sintaktik strukturalarni to‘g‘ri qo‘llay olish.

Savollar turi: grammatik xatolar bor-yo‘qligini aniqlash.

4-bo‘lim: Yozish (1 soat 20 daqiqa / 3 topshiriq)

1-topshiriq: berilgan vaziyat va tayanch ma’lumotlar asosida rasmiy xat yozish (150 so‘z / 10 ball).

2-topshiriq: berilgan mavzu yuzasidan esse yozish (250 so‘z / 10 ball).

3-topshiriq: berilgan matnning qisqacha mazmunini yozish (100 so‘z / 10 ball).

5-bo‘lim: Gapirish (20 daqiqa / 3 qism / 30 ball)

1-qism: kundalik va mavhum mavzularda savol-javob.

2-qism: berilgan mavzu bo‘yicha taqdimot qilish, fikr bildirish va asoslash.

3-qism: berilgan mavzu bo‘yicha savol-javob taqdimot qilish, fikr bildirish va misollar keltirish orqali dalillash.

https://dtm.uz/page/test_sinovlari_formati

Report Page