BTV

BTV

🌏 @BorliqTv

Rossiyada yo’lovchi uchog’i falokatga uchradi. Qayd etilishicha uchoqda 71 kishi bor edi.

Rossiya poytaxti Moskvaning Domodedovo aeroportidan ko’tarilgan Saratov havo yo’llariga oid yo’lovchi uchog’ining ko’tarilganidan keyin 2 daqiqa o’tib, izsiz yo’qolganligi ma’lum qilindi. 

Rossiyaning Interfax axborot agentligi tarqatgan ma’lumotda, Saratov aeroporti tomonidan foydalanilgan Antonov An-148 rusumidagi uchoqning Moskva atrofida qulaganligi qayd etildi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Moskva bo’limi rahbari tomonidan berilgan bayonotda, uchoqning Ramenskiy shahrida qulagan bo’lishi mumkinligi va qutqaruv xodimlarining mintaqada o’z faoliyatlarini boshlatganligi yetkazildi.

Qidiruv va qutqaruv xodimlari qulagan uchoq bo’lakchalarini topkanligini va uchoq bortidagi 71 kishining hammasining jon berganligini ma’lum qildi. 

Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Ramenskida qulagan uchoqdagi yo’lovchilarning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etkanligini qayd etdi.

Peskov shuningdek, Putinning voqea usitdan maxsus komissiya tashkil etilishi haqida buyruq berganligini ham o’z bayonotiga ilova etdi.

Rossiya poytaxti Moskvadan Orskka qarab yo’l olgan uchoqda 65 nafar yo’lovchi va 6 ekipaj bor edi.

Shu bilan birga Rossiya transport vaziri Maksim Sokolovning tekshiruv ishlari yuritish maqsadida uchoq qulagan mintaqaga ketkanligi ifoda etildi.

Sokolov, havo sharoitidan boshlab uchuvchi xatosigacha barcha ehtimolning ko’rib chiqilganligini ma’lum qildi. 

Rossiya Tergov qo’mitasi ham voqea haqida kerakli faoliyatlarini boshlatdi.


Report Page