BTV

BTV

🌏 @BorliqTv

La Liga. «Real» autsayder jamoani yenga olmadi


Ispaniya chempionatining 22-turida «Real Madrid» «Levante» maydoniga safar qildi. «Syudad de Valensiya» o‘yingohida kechgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

11-daqiqada Ramos mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 42-daqiqada Boateng oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. 81-daqiqada madridliklar Iskoning goli evaziga yana hisobda oldinga chiqishga muvaffaq bo‘lishgandi, biroq o‘yinning asosiy vaqti tugashiga 1 daqiqa qolganida Patssini jamoasiga 1 ochko keltirgan gol muallifiga aylandi.

Levante – Real Madrid 2:2 (1:1, 1:1)

Gollar: 0:1 – 11 Ramos, 1:1 – 42 Boateng, 1:2 – 81 Isko, 2:2 – 89 Patssini.

Levante – Olasabal, Postigo, Luna, Koke, Rober, Lukich, Lerma (Marti, 68), Dukure, Morales, Ivi Lopes (Patssini, 77), Boateng (Djeyson, 60).

Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Vaskes, 90), Beyl (Isko, 66), Ronaldu (Asensio, 82), Benzema.

Ogohlantirishlar: Dukure (13), Ramos (21), Ivi Lopes (26), Asensio (84), Koke (88), Varan (90).


Report Page