BTV

BTV

🌏 @BirliqTv

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan «jar yoqasida turibdi», deb yozadi Soccer.ru.

Fransiyalik mutaxassis La Ligadan o‘rin olgan «Valensiya» klubiga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchrasa, zudlik bilan ishdan olinadi.

Ma’lumki, jamoa Ispaniya chempionatida peshqadam «Barselona»dan 19 ochko ortda qolyapti. Mamlakat kubogida esa quyi Liga vakiliga yutqazib, musobaqani erta tark etdi. Endi madridliklar bor umidini Chempionlar Ligasi o‘yinlariga qaratishga majbur. U yerda jamoani «PSJ» klubi kutib turibdi.

Avvalroq, «Real» «PSJ» to‘sig‘idan o‘tolmasa, Zidan klubni tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo ish bungacha yetib bormasligi mumkin. Agar 27 yanvar kuni «Real» safarda «Valensiya»ga yutqazsa, Zidanning pattasi qo‘liga tutqaziladi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAERaYL7mRf_PWazlJQ

Report Page