BTV

BTV

🌏 @BorliqTv

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali suhbatlashib, Suriyadagi vaziyatni, shu jumladan, Turkiya Suriyaning Afrin shahrida olib borayotgan operatsiyani muhokama qildi, deb yozadi “Gazeta.ru” saytiga tayanib daryo.uz nashri

Foto: “TASS”

Erdo‘g‘on ushbu masala bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlikdagi faoliyatga va u bilan koordinatsiyaga katta ahamiyat berishini aytdi.

Ikkala prezident ham Suriyadagi inqirozni mamlakat hududiy yaxlitligini saqlab qolish va mamlakat suverenitetini hurmat qilish asosida hal qilish muhimligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, ikki mamlakat yetakchilari Suriya milliy dialog kongressini o‘tkazish uchun birgalikda harakat qilishni davom ettirish borasida qat’iyligini tasdiqladi. Ular kongress vakillik xususiyatiga ega bo‘lishiga va mamlakatdagi vaziyatni BMT Xavfsizlik kengashining 2254-rezolyutsiyasi, shuningdek, Ostonada qabul qilingan kelishuvlarga muvofiq siyosiy tartibga keltirish yo‘llarini izlashga xizmat qilishiga umid bildirdi.

👇🏻Bizga qo'shiling👇🏻

https://telegram.me/joinchat/AAAAAERaYL7mRf_PWazlJQ

🌏 @BorliqTv

Report Page