Britaniya

Britaniya

🌐OLTIARIQ_TV

quruqlikdagi qo‘shinlari rahbari Rossiyani “IShIDdan ham kattaroq xavf” deb atadi.

OLTIARIQ_TV


Britaniya armiyasi Bosh shtabi boshlig‘i, general Mark Karlton-Smit The Telegraph nashriga bergan intervyusida Rossiya bugun “milliy xavfsizlikka diniy ekstremistlar, xususan, ‘Al-Qoida’ va IShID terrorchilaridan ko‘ra ko‘proq xavf solayotgani”ni ma’lum qildi.

“Rossiya o‘z milliy manfaatlarini himoya qilish va ularni kengaytirish uchun harbiy kuchdan foydalanishga tayyorligini namoyish qildi. Ruslar o‘zi aniqlagan har qanday bo‘shliq va kuchsiz nuqtadan foydalanib qolishga urinmoqda”, — dedi general.

Karlton-Smitning bayon qilishicha, Iroq va Suriyada IShID tor-mor qilingach, diniy aqidaparastlar tomonidan kelayotgan xavf susaygan, biroq Rossiya “G‘arbning zaif nuqtalarini ayniqsa kibermakon, kosmos va suv osti kabi noodatiy sohalarda muntazam ravishda tadqiq etishga kirishgan”.

G‘arb mamlakatlari ayni vaqtda Rossiyani Ukrainaga nisbatan tajovuzda, Qrimni bosib olishda, AQSh prezidenti sayloviga aralashishda, boshqa mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarga qarshi kiberhujumlar uyushtirishda, shuningdek, Buyuk Britaniyada kimyoviy qurol qo‘llaganlikda ayblamoqda. Rossiya ushbu ayblovlarning barini rad etib kelmoqda.


Report Page