🎤 BRIFING     

🎤 BRIFING     

05.10.2021

2021-yilning 5-oktabr sanasida Urganch davlat universitetida “Talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, ularni turar joy bilan ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari” mavzusida brifing o‘tkazildi.

Unda Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi boshlig`i Sh.Allaberganov, Talabalar shaharchasi direktori Z.Yusupov, Xotin-qizlar kengashi raisi Sh.Nurullayeva hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Mazkur brifingda Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi boshlig`i Sh.Allaberganov mavzu bo`yicha bayonot berib, quyidagilarni ma`lum qildi:

Urganch davlat universitetida 6 ta Talabalar turar joyi mavjud. Talabalar turar joyi sig‘imi 1798 o‘ringa mo‘ljallangan. 2021-2022 o‘quv yilidan ehtiyojni qondirish maqsadida qo‘shimcha o‘rinlar yaratilib, 2234 ta o‘ringa yetkazildi.

Bugungi kunda 2234 nafar talaba joylashtirilgan. Talabalarni turar joylariga quyidagi mezonlar ketma-ketligi asosida joylashtiriladi:

- Chin yetim talabalar (kursidan qat’iy nazar);

- “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari;

- Nogironligi mavjud talabalar (kursidan qat’iy nazar);

- Ijtimoiy himoyaga muhtoj, moddiy ahvoli og‘ir talabalar (shuningdek, bitta oilada 2 yoki undan ortiq shaxs to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan bo‘lsa);

- Xorijdan kelib tahsil olayotgan talabalar;

- Talaba qizlar;

- Yoshlar ittifoqi faollari;

- Xalqaro miqyosidagi fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar.

- Yozgi ta’til davrida “Fidokor” yoshlar mehnat otryadi tarkibida talabalar turar joyilarini ta’mirlashda ishtirok etgan talabalar;

- Talabalar turar joyida dimiy ravishda talabalar kengashi raisi, qavat sardorlari va boshqa jihatlari bilan doimiy ravishda faollik ko‘rsatib kelayotgan talabalar.

Bugungi kunda ushbu yotoqxonada talabalarning yashashi bilan birganlikda, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitishni tashkil qilish uchuch barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, Arxitektura va dizayn xonasi, Start uplar markazi, Loyihalar fabrikasi, Amaliy didaktik ishlar xonasi, Tikuvchilik, Zakovat xonasi, Fitnes klubi, Ingliz tili markazi faoliyat yuritmoqda.

Brifing davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga mas`ullar tomonidan tegishli javoblar berildi.

UrDU Matbuot xizmati







 

Report Page