Britaniyalik uyida chang bosib yotgan choynakni 1,3 mln dollarga sotdi

Britaniyalik uyida chang bosib yotgan choynakni 1,3 mln dollarga sotdi

🌐OLTIARIQ_TV

•••

Foto: Duke’s Auctioneers

Britaniyadagi Dorset grafligida yashovchi erkak uyida yillab chang bosib yotgan eski choynakni million funt sterlingga sotdi. Bu haqda The Mirror xabar bermoqda.

U xonadoniga o‘zidagi buyumlarni baholash uchun Duke’s Auctioneers auksion uyidan ekspert chaqiradi. Mutaxassis tokchadagi choynakni ko‘rsatishni so‘raydi. Choynakdagi ko‘k muhrni ko‘rgach esa, uni batafsil ekspertiza uchun olib ketadi.

Foto: Duke’s Auctioneers

Ma’lum bo‘lishicha, choynak qimmatbaho antikvar buyum bo‘lib, 1735—1796-yillar oralig‘ida shaxsan Xitoy imperatori Syanlun uchun tayyorlangan.

Topilma auksionga qo‘yildi va 1,04 million funt sterling (1,3 million dollar atrofida) sotildi.

Report Page