#Book_review

#Book_review

AJ

#book_review 


Hayotning bahorida so'ligan navnihol... Maishiy zo'ravonlik,qotillik,ko'cha hayoti,giyohvandlik,yetimlik,afsus-nadomat va ruhiy azoblarni boshdan kechirayotkan yoshgina yigitcha.

Bu yoshida buncha yukni ko'tarish unga ancha qiyinlik qildi. Ranj-alamga to'la hayotida ma'no berishni istadi,tubi yo'q quduqda kelajagi uchun bir tutam umid qidirdi...

Va yo'lini yo'qotganlarga yo'lboshlik qilishni diliga tukkan yosh o'qutuvchi bilan uchrashib qoldi. Bu uchrashuv aslo tasodif emasdi...

Mehmet Yildizning real voqealarga asoslanib yozilgan ushbu asarida tolei kulmagan yigitchaning hayoti qanchalar o'zgarib ketkaniga guvoh bo'lasiz.

"Hech kim hayotimizga bekordan-bekorga kirib kelmagan. Ular biz uchun yo imtihon,yoki armug'ondir.".

Atrofimizga e'tibor bilan qarasak ko'plab Mehmetlarni ko'rishimiz mumkin. Ularni bu zulmatdan olib chiqadigan Fotimaga o'xshagan ustozlar kerak. Shunday muallim bo'lish kerakki yoshlarni faqatgina bu dunyolarini emas ,undanda muhimroq bo'lgan oxiratlarini ham go'zallashtirishi kerak

Odamlar Islomni o'ziga axloq qilib olsagina go'zallashishi mumkin.

Koinot ustozi,muallimlar muallimi Muhammad salollohu alayhivassalamning maqsadlari Allohni taniydigan va sevadigan,go'zal axloq sohibi bo'lgan,'ham dunyosini, ham oxiratini o'ylaydigan avlodlarni yetishtirish edi. Allohni taniydigan va tanita oladiganlarga hamma joy maktabdir. Islom axloqi bilan to'yingan yangi avlod tarbiyalash,ham dunyolarini ham oxiratlarini qutqarishga yordam beradigan muallimlarga muhtojmiz. Ana o'shalar asl ustozlardir. Ana o'shalar o'quvchilarni qalbidan joy oladigan sevikli ustozga aylanadi. Mohiyat manashunda.

Shunday zulmatdan yorug'likka,najotga chiqa olishiga o'zi ham ishonmagan Mehmet Fotima sabab najot topdi. Istardim bu kitobni avvalo barcha o'qituvchilar o'qib chiqishini istardim.

Mehmetni botqoqdan yorug'likka chiqishini esa bunday izzohlaymiz.

"Alloh o'zi istagan kishilarni hidoyat qilur."

Hajr surasi 17-oyat.

Yig'lama go'zal inson! Darrov g'amga botma.

Qara umid bor. Alloh bor...

#Izlah

@my_bo0k

Report Page