" Bonu "

" Bonu "

Soxibjamol Alisherovna

Iqbol Mirzo " Bonu "

Hayotingni õzgartirgay bir odam va bir kalom, õshal inson sen õzingsan, endi sõzni top, tamom...

Bonujon - dadasining erkasi. Ne kunlarni boshidan õtkazmadi-aa bu qiz. Shum taqdir uni ne ahvolga solmadi, õzining egri-bugri qiyinchlikga tõla yõllaridan yetakladi. Bir dard kelsa tõxtamasdan sinov bõlib kelaverar ekanda.. Õqir ekanman kõz yoshlarim yomg'irini tõxtata olmay qoldim. Men õqib shunchalar ta'sirlandim u bularni boshidan õtkazib qay ahvolga tushdi ekan bilmadim. Mutolaa davomida qanchalar havas qildim bu qizga - õqiganim sari uning havas qilarli jihatlari chiqib kelaverdi, kelaverdi. Bir mard erkak chiday olmaydigan sinovlardan õtdi bu ojiza qiz. Õzi havas qilarli taqdiri esa qõrquvli bir qiz.. Hammasini sabr ila yengib õta oldi.. Matonatiga, sabriga qoyil qolmasdan iloj yõq. Hozirgi kunda bunaqangi jasoratni topish qiyin...

Irodangga qoyil - Bonujon..!

Bonujon sevdi soxta, yolg'on bõlsada qaysidir ma'noda sevildi ham..

Taqdirning bergan sinovi sifatida Olmos ismli yigit bilan uchrashdi. She'riy sms lar, pok g'uborsiz Bonuning muhabbati kishining havasini ham keltirardi.. Qachonki Bonujonning osmonini qora bulut qoplamaguncha, yolg'on soxta muhabbat õz yakuniga yetguncha...

U Bonu emas. Bonujon - dadasining erkasi u. Erkasi deymanuu erkaligi uzoqqa chõzilmagan ojiza bir qiz..

Bonuning boshiga kelgan sinovlarni qisqa aytadigan bõlsa:

Bokiraligiga shubha qilingan bir qiz, Dadasining õlimi, Olmosning soxta sevgisi, teri kasalligiga uchrashi - xalq tili bilan aytganda ' pes ' bõlib qolishi. Õqish joyida, yaqinlari orasida achinishga, undan õzini tortishlariga uchragan bir qiz. Kasalligi orqasidan qancha sinovlarni kõrmadi Bonujonim.. Kasalligi sabab tayinli bir joyda ishlay olmagan Bonu Moskvaga ishlagani ketib kõrganlari insonning aqliga sig'maydi. Bir sinovdan õtib olsa, kelaqol Bonujon deb ikkinchisi bag'rini ochib kutib turadi.. Olmos qizchali bõlganligini maqtangandek Bonuga kõz-kõz qilganlarichee ?? Õzini hech õylamaydigan faqat boshqalarni g'amini yeb yuradigan bu qiz endigina õz õrnini topdim õzimni tiklab oldim deganda Olmos yana qayerdandur chiqib keldiyu yana halovat yõqoldi. Bu safar u saraton emish.. Olmosning xotiniga bor pulini Omos tuzalishi uchun berib yubordi bu soddagina Bonujon. Keyin bildiki hammasi yolg'on.. shunchaki uni talon taroj qilish buu.

Olmos bilan uchrashganidagi Mana shu õqigan joyim hech esimdan chiqmaydi:

- Demak siz saraton kasalligiga chalimagansiz-aa??

- yõq

- soģsiz tõģrimi ??

- Ha soģman.

- Shukr..!

Shuncha ishdan sõng ham, shuncha qilganlaridan keyin ham Olmosning soģligiga shukr qilganini.. Ehh mening Sevib sevilmagan Bonujonim..!

Men qisqa qilib yozyapman lekin bu qisqa yozilganlarni õzingiz kitobdan õqisangiz juda kõp voqealar berilgan. Bonuning dardli hayotini bilmoqchimisiz ??? Unda romanni albatta tõliq õqib chiqing..!

Mutolaa davomida topgan eng yaxshi iqtiboslarim....

• Odam bolasi kõzlari ilģagan narsanigina mavjud deb õylaydi, qõllari tutgan jismnigina borligiga ishonadi. Eshitar tinglamas - kõrar englamas..

• Ey sanam, vaslingni izlab darbadar soldim firoģ, Barcha aytdi: " Ul sanga jondin yaqindur, san - yiroq.."

• Ishq- rohatmi, azobmi ?? Lazzatmi iztirobmi ?? Telbalikmi, xorlikmi ?? Jonga xaridorlikmi ??

• O, ilk muhabbatim iliq muhabbat,

Totli tuyģularga tõliq muhabbat.!

Bahor quyoshiday issiq bõlgin- u

Bahor havosiday õzgarma faqat..!

• Jondan sevgan yorimdan õzim sabab ayrildim, õz baxtimdan chiroyli kõzim sabab ayrildim..

• Avtobus derazasidan qarab ketsang.. Yiroq ketar tashvishlar..

• Odamzod õziga õzi zulm qilguvchidir.

• Hayot zerikarli, rangsiz, ohangsiz.. Hatto Olmosdan keladigan sms lar ham yurakka chiroq yoqmay qõydi.

• Muhabbatdan muhabbat bõldi paydo, Muhabbatsiz kishidan qoch Huvaydo..!

• Unutmang.! Muhabbatli oila insonning oliy baxtidir. Uni Alloh õzi tanlagan munosib kõrgan bandalariga beradi..!


@Qalbim_satrlaridan kanali uchun maxsus tayyorlandi..

Xato va kamchiliklari uchun uzr..!


Report Page