Boks bo‘yicha Jahon chempionati sovrindorlariga Tracker va Gentra avtomobillari sovg‘a qilindi

Boks bo‘yicha Jahon chempionati sovrindorlariga Tracker va Gentra avtomobillari sovg‘a qilindi

🌐OLTIARIQ_TV

»»»

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

6—22-sentabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon chempionati sovrindorlariga Prezident sovg‘alari topshirildi.

30-sentabr, dushanba kuni Toshkentdagi “Olimpiya shon-shuhrati” muzeyida o‘zbekistonlik bokschilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi Ochilboy Ramatov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, sportchi va murabbiylar ishtirok etdi.

Mazkur marosimda Jahon chempionati sovrindorlariga “Prezident sovg‘asi” — avtomobillar taqdim etildi. Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov va Bahodir Jalolovlarga Tracker avtomobili, kumush va bronza medali sohiblari Dilshodbek Ro‘zmetov hamda Bobousmon B0turovlarga Gentra hamda Nexia 3 avtomobillari kaliti topshirildi. Shuningdek, terma jamoa murabbiylariga pul mukofotlari taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonlik bokschilar Jahon chempionatida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

Report Page