Boks

Boks

Amankulov

Buxenvald konslagerida nemis chempioni Villini yutgan Andrey Borzenko haqida eshitganmisiz?

Andrey Borzenko 1939-yil Sovetning janubiy hududlari chempioni bo'lib,u haqida Sviridov o'z asarida keltirib o'tgan!


Sviridov kitobidagi tasvir!

Urushdan so'ng Sviridov dastlabki,musobaqaga keladi va u yerda nemis va yana bir o'zbek sportchisi bo'lgan. Finalga esa,nemis sportchisi va Andrey chiqishadi. Qiziq tomoni nemis sportchining yordamchisi aynan Sviridov bo'ladi.

Konslagerdagi Sovet sportchilari!


Georgey Sviridov Andreyning konslagerdagi yutuqlari haqida eshitmagan edi.(Unda 80 ta g'alaba bo'lgan,ularda asosan nemislar ustidan g'alaba qozongan).

Jang boshlangach Andrey raqibni 9 bora nokdaunga uchratadi va g'alaba qozonadi.

Biroq ketma-ket orttirgan jarohatlari sababli ringni tark etadi.1941-yildagi ringdagi og'ir jarohati va mag'lubiyatidan so'ng faoliyatini yakunlagan.

Andrey Shtalang konslageridan ikki bora qochishga ham ulgurgan,biroq uni baribir topib kelishgan.

Shundan so'ng,uni Buxenvaldga yuborishadi.U yerda esa,kuchli ierarxiya o'rnatilgan bo'lib,nemislar har tomondan ustun edilar.Bu konslagerda dastlab nemislar,keyin boshqa xalqlar,undan so'ng sovetlar tabaqasi turar edi. Albatta so'ngi pog'ona yahudiylarga tegishli edi.

Buxenvaldda boksdan musobaqalar tashkil etilib,g'olibga non berilar edi,mag'lub esa shunchaki krimatoriyaga yo'naltirilar edi.Bu yerda Andrey golland boks murabbiyi Garri Miteldrom bilan tanishib,undan saboq olib turadi.

Musobaqa boshlanganda,ringga dastlab nemis eks-chempioni chiqib keladi. Biroq 100 kgdan og'ir,bir necha bora jangni o'lim bilan tugatgan bu raqibga qarshi,hech kim chiqishni istashmaydi.

Urushdan so'ng Borzenko!

Shunda,taklif o'zgarib nonga qo'shib,"tushonka" berish habari kelgach,raqibidan 20 kg yengil bo'lgan Andrey ringga chiqib keladi.

Jang boshlandi va nemis hujumga o'tib boshlaydi,bunga Andrey bir necha bora chap beradi.Hakam nemisni bir necha bora tirsagi bilan urgan zarbasini "ko'rmay qoladi".Nemis taqiqlangan joyga ham urgandan so'ng Andrey tizzaga o'tiradi,shu payt nemisga pul tikkan barcha hursand edi.Biroq Andrey turadi va ikkilik zarba dastlab qorin va o'ng yondan zarba orqali raqibni chuqur nokautga uchratadi.

Endi SS chempioni Villi bilan kurashishi zarur edi.Jang katta qiziqish bilan kutiladi.Bu jangda konslager rahbari hakam sifatida qatnashadi.Jang 5 daqiqadan,6 round davom etishi zarur edi!

Jang boshlangach,dastlab nemis hujumga o'tadi va dastlabki roundlarni hisobiga yozib qo'yadi.Undan so'ng esa,"notoza" yo'lga o'tadi va tirsak bilan bir necha bora zarba beradi.

Hakam uni ogohlantirganda, unga ham zarba beradi va hakam chuqur nokautga uchraydi.Lekin bu payt Villi himoyani unutgan holda hujumga o'tadi va Andreydan kuchli zarba qabul qiladi.Bu zarbadan so'ng,u hakamni yoniga qo'shilib yiqiladi.

Shu kezlarda Jahon urushida Sovetning qo'li baland kela boshlaydi,birin-ketin g'alabalardan so'ng konslagerdagi mahbuslarni ham ozodlikka chiqarishadi.

Ozodlikka chiqqach Andreyga,murabbiyi u bilan Gollandiyaga ketishni taklif etadi.Biroq Andrey ona yurti O'zbekistonga qaytib,Toshkentda yashaydi.

Andrey shuningdek,tibbiyot o'qishiga topshiradi va hirurg bo'lib yillar davomida ishlab keladi. Kasalxonada ko'plab insonlarni davolagan bizning qahramon 1992-yil vafot etadi.


iHistory kanali uchun tayyorlandi.

Muallif: Amankulov Abdurashid


Report Page