Rossiyada baxtsiz hodisa oqibatida oyoqlaridan ajralgan boyovutlik fuqaro holidan xabar olindi

Rossiyada baxtsiz hodisa oqibatida oyoqlaridan ajralgan boyovutlik fuqaro holidan xabar olindi

@Boyovutliklar
Foto: Boyovut tumani hokimligi

Кирилл алифбосида ўқиш

Boyovutlik fuqaro 2020-yil fevral oyida Rossiya Federatsiyaga ishlash uchun ketgan. Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahrida baxtsiz hodisa oqibatida oyoqlaridan ajralgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilotining oʻzaro hamkorligi ushbu fuqaroga amaliy yordam koʻrsatilib, joriy yilning 21-aprel kuni Oʻzbekistonga qaytishi taʼminlandi. 

Boyovut tumani hokimi, senator Dilfuza Uralova hamda Sirdaryo vlioyati Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi Murod Muhammadiyevlar vaqtincha Boyovut tumani “Hosilobod” mahallasida yashovchi akasining uyida istiqomat qilayotgan fuqaroning holidan xabar olishdi.

Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi

Shuningdek, fuqaro tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, barcha zaruriy tibbiy yordamlar koʻrsatilmoqda. Tez orada reabilitatsiya vositalari bilan ham taʼminlanadi.

Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati

Report Page