Boyovut tumanida qurilayotgan bugʻ-gaz turbinali issiqlik elektr stansiyasida dastlabki loyihalashtirish-rejalashtirish ishlari olib borilmoqda

Boyovut tumanida qurilayotgan bugʻ-gaz turbinali issiqlik elektr stansiyasida dastlabki loyihalashtirish-rejalashtirish ishlari olib borilmoqda

@Boyovutliklar
Foto: Boyovut tumani hokimligi

Кирилл алифбосида ўқиш

Barchangizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati elektr taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish va elektr energiyasini ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida ACWA Power bilan hamkorlikda Boyovut tumani va Shirin shahrining chegaradosh hududida yangi bugʻ-gaz turbinali issiqlik elektr stansiyasi va 500/220 kV elektr uzatish podstansiyasini qurishni rejalashtirilib, ushbu loyihani boshlash marosimi Oʻzbekiston Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, shuningdek, “ACWA Power” kompaniyasining yuqori martabali vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan edi.

Ayni vaqtga qadar elektr energiyasi, tabiiy gaz va texnik suvga ulanish nuqtalari belgilanib, loyiha uchun ajratilgan yer maydonini tekislash va vaqtinchalik bino hamda inshootlari qurilishi amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir vaqtda 55 gektarlik maydonda dastlabki loyihalashtirish-rejalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi

Buning uchun “ACWA Power Sirdaryo” MCHJ va bosh pudratchi Xitoyning qurilish va muhandislik kompaniyasi “China Gezhouba Group Company Limited”ning 50 nafardan ortiq mutaxassislari ish olib borishmoqda. Shu bilan birga yuzga yaqin mahalliy ishchilar va 60 ga yaqin turli rusumdagi texnikalar jalb qilingan.

Foto: Boyovut tumani hokimligi

Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati


Report Page