Dilfuza Uralova yoshlar bilan oʻzgacha formatda uchrashuv oʻtkazdi

Dilfuza Uralova yoshlar bilan oʻzgacha formatda uchrashuv oʻtkazdi

@Boyovutliklar
Foto: Boyovut tumani hokimligi

Кирилл алифбосида ўқиш

Bugun Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova “Gulbogʻ” mahallasidagi yoshlar bilan uchrashdi. Bu uchrashuv oldingi uchrashuvlardan tubdan farq qiladi. Negaki, Dilfuza Uralova yoshlar bilan nafaqat uchrashdi, balki birga avtobusda tuman boʻylab sayohat qildi. 

Avtobusda, yoshlarda oʻzi yashayotgan mahalla bilan boshqa mahallalarni solishtirish imkoniyati tugʻildi. Dildan kechgan suhbat davomida Dilfuza Uralova yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning har qanday gʻoya va tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanayotganligi haqida gapirib, hunar egallash, turmush madaniyati, yashab turgan mahallaga egalik hissi toʻgʻrisidagi fikr-mulohazalar bilan oʻrtoqlashdi.

Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi

Sayohatning ilk manzili Usmon Yusupov nomidagi xotira majmuasi boʻldi. Bu yerda Dilfuza Uralova yoshlarni tuman sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari va tijorat banklarining rahbarlari bilan tanishtirdi. Shu yerning oʻzida yoshlar oʻz qiziqishlari, shugʻullanmoqchi boʻlgan faoliyat turlariga koʻra guruhlarga boʻlinib, ularning murojaatlari va takliflari masʼullar tomonidan yozib olindi hamda zarur tavsiyalar berildi.

Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi

Shuni alohida aytish kerakki, yoshlar oʻzlarini anʼanaviy uchrashuvdan koʻra anchayin dadil, ochiq tutishdi va hokim, qolaversa, boshqa rahbarlar bilan ham erkin muloqot qilishdi.

Yoshlar, shuningdek, MCHJ shaklidagi “Boyovut texno klaster” paxta-toʻqimachilik klasteri tomonidan qurilayotgan ip-kalava fabrikasi, tuman markazidagi “Baxtli oila – nurli kelajak” nomli monumental majmua va “Yurt bayrogʻi” maydoniga ham tashrif buyurishdi.

Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati

Report Page