Boyovutda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi

Boyovutda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi

@Boyovutliklar
Foto: Boyovut tumani hokimligi

Кирилл алифбосида ўқиш

Ishsiz fuqarolar uchun Boyovut tumani hokimligi va aholi bandligiga koʻmaklashish markazi hamkorligida oʻtkazilgan yarmarkada 200ga yaqin ishsiz yoshlar va xotin-qizlar jalb qilindi.

Yarmarkada 15 dan oshiq byudjet tashkilotlari va xususiy tadbirkorlik subyektlari oʻzlarining mavjud 189 ga yaqin boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashishdi.

Foto: Boyovut tumani hokimligi

Boyovut tumani hokimining oʻrinbosari Faxriddin Kushakov hamda aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori Shavkat Joʻrayev yarmarkada ishtirok etib, ishsiz fuqarolar murojaatlari va muammolarini oʻrgandi. 

Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi

Murojaatlarning asosiy qismi oʻquv kurslarini tamomlab, oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan fuqarolar tomonidan bildirildi. Ularga oʻzini oʻzi band qilish, xususan issiqxona tashkil qilish, uy sharoitida shirinliklar tayyorlash, sartaroshxona (goʻzallik saloni), poyafzal taʼmirlash kabi yoʻnalishlarda faoliyatini boshlash bilan bogʻliq maslahatlar berildi. Yaʼni, yuqoridagi yoʻnalishlarda tadbirkorlik faoliyati uchun zarur boʻlgan uskunalarni harid qilish uchun 7 mln.soʻmgacha boʻlgan qismi davlat subsidiyasi sifatida toʻlab berilishi tushuntirildi.

Foto: Boyovut tumani hokimligi

Kasbga oʻqish istagini bildirgan 5 nafar ishsiz fuqaroga kasbga oʻqitish markaziga yoʻllanma taqdim etilgan boʻlsa, 43 nafariga jamoat ishida ishlash uchun yoʻllanma berildi.

Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi

Shuningdek, 2 nafar ishsiz fuqaro shu yerning oʻzida doimiy ish bilan taʼminladi. Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida ishsiz va ish qidirayotgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan 3 nafar fuqaroga esa ishsizlik nafaqasi tayinlandi.

Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati

Report Page