“Qarapchi” mahallasining xotin-qizlari Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida
@BoyovutliklarКирилл алифбосида ўқиш
Oldin xabar berganimizdek, Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida “Teatr tomoshalari haftaligi” doirasida mazkur teatr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan spektakllar namoyishi boʻlib oʻtmoqda.
Spektakllar namoyishiga boyovutliklar ham tashrif buyurmoqda.
Xususan Boyovut tumani hokimligining tashabbusi bilan “Qarapchi” mahallasida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy muhofazaga olingan xotin-qizlarning madaniy hordiq chiqarishlari uchun teatrga yuborildi.
Mahallaning 10 nafar xotin-qizlari “Inson oʻzing” nomli spektaklni oʻta qiziqish va hush kayfiyat bilan tomosha qilib, spektakldan maʼnaviy ozuqa va maroqli dam olishdi.
Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati