Dilfuza Uralova profilaktika inspektorlarining oʻn nafariga kompyuter jamlanmasi, besh nafariga temir seyf topshirdi

Dilfuza Uralova profilaktika inspektorlarining oʻn nafariga kompyuter jamlanmasi, besh nafariga temir seyf topshirdi

@Boyovutliklar
Foto: Boyovut tumani hokimligi

Кирилл алифбосида ўқиш

Oldin xabar berganimizdek, Joriy yilning 12-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga tashrifi chogʻida bergan topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda faoliyat yuritib kelayotgan profilaktika inspektorlari bilan uchrashib, ular bilan muloqot oʻtkazgan edi.

Uchrashuvda profilaktika inspektorlari tomonidan kundalik xizmat faoliyatida zarur boʻladigan vositalar, xususan, xizmat xonasi, mebel va moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash yuzasidan berilgan takliflari asosida “yoʻl haritasi” ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Profilaktika inspektorlari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda 10 nafar profilaktika inspektoriga kompyuter jamlanmasi va 5 nafariga temir seyf topshirdi.

Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi

Yoʻl haritasida belgilab olingan qolgan masalalarni ham tez fursatlarda amalga oshirib, profilkatika inspektorlarining mahallalarda, avvalo, tinchlik, fuqarolarning osoyishtaligi, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish choralari koʻriladi.

Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati

Report Page