BMBOX.COM ning Samsung Galaxy S8 prezentatsiyasidan maxsus reportaji

BMBOX.COM ning Samsung Galaxy S8 prezentatsiyasidan maxsus reportaji

BMBOX.COM

Kecha oqshom vaqti biz shu yilning eng kutilgan voqeasi – Nyu Yorkdagi Unpacked 2017 tadbirida bo‘lib o‘tgan Samsung Galaxy S8 ва S8+ flagman smartfonlarining rasmiy taqdimotida qatnashdik.

BMBOX.COM jamoasi a’zolari ultrazamonaviy dizayn va so‘nggi texnologiya va ishlanmalar hamohangligi mahsuli bo‘lgan flagmanlarni ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi. 

Представляем вашему вниманию фотографии новинок прямо из места событий:

Ko‘pchilik kutganidek – Galaxy S8 va S8+ ning asosiy xususiyati brend tarixidagi eng fenomenal deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan butunlay o‘zgargan dizayn bo‘ldi. 

Telefon egilgan, yon romlari ingichka displeyga ega bo‘lib, old panelni katta qismini egallaydi. Ekranning katta o‘lchamiga qaramay telefon ixchamligini saqlagan.

Galaxy S8 ning displeyi diagonali – 5,8 dyuym, Galaxy S8+ ning bu ko‘rsatgichi esa 6,2 dyuymni tashkil qiladi. Har ikkala telefonlarning ekran piksellarining o‘lchami 2960×1440 ga teng va HDR ni qo‘llaydi.

Albatta, kameralar unumdorligi ham asosiy ko‘rsatgich hisoblanadi. Bu yerda ikkita telefonda ham (F1.7) 12 megapikselli orqa kamera mavjud. Bir urinishdayoq uchtadan tasvir qabul qilib, ularning har biridan ma’lumot yig’ib, sifatli tasvir ta’minlab berishga xizmat qiladi. Old kamera (F1.7) 8 megapiksel, intellektual avtofokus va yuzni tanish xususiyatiga ega.

Telefonlar 64 Gb o‘rnatilgan xotira va 4 Gb tezkor xotira bilan ishlab chiqariladi. Telefonlarning yana bir ajralib turuvchi tomoni ovozli yordamchi Bixby bo‘ldi va kompaniyaning ta’kidlashicha oldin mavjud bo‘lgan barcha analoglardan ustun bo‘lar ekan. Dunyo bozoriga smartfonlar 8 yadroli Samsung Exynos 8895 Octa core (4 yadrolisi 2,3 GHz + 4 yadrolisi 1,7 GHz) protsessori bilan chiqadi. 

Ananaviy Android ning 7.0 Nougat versiyasi va yangilangan TouchWiz telefonning qulay boshqarilishini, IP68 standarti esa suv va changdan ishonchli himoya ta’minlab berishadi.

Tez kunda BMBOX.COM internet do‘koni orqali Samsung Galaxy S8 va S8+ telefonlariga oldindan buyurtma berib, ularni O‘zbekistondagi eng arzon narxlarda xarid qilishingiz mumkin!

Report Page