Ijtimoiy tarmoqlardagi qisqa biznes video'lar nega xatarli?

Ijtimoiy tarmoqlardagi qisqa biznes video'lar nega xatarli?

MFaktor

Ko'pimiz mashhur biznesmenlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boramiz. 

Qo'yadigan 1-2 daqiqalik video maslahatlaridan bahramand bo'lamiz.

Ularning orasida ba'zan lidogeneratsiya, CRM, KPI, savdo varonkasi, auditoriya kabi so'zlarni eshitib qolamiz: 

Qisqa video'da bu kabi narsalarni tushuntirib berishga harakat qilishadi.

Bularning barchasi foydali. Lekin...

Bunday qisqa-qisqa video'larni ko'rishning xatarli tomoni bo'lishi mumkin.

Bu shundan iboratki, 1-2 daqiqa ichida o'rgatilgan narsa hamma biznesga ham mos kelavermaydi.

Doim mustasnolar bo'ladi. B2B uchun instrumentlar B2C'ga to'g'ri kelmasligi mumkin.


Deylik, ko'p qavatli uylar oldi-sotdisi bilan shug'ullanadigan biznesmen shunday video'lardan birini Instagram'da ko'rib qoldi.

Video'da mijozlarga qanday qilib sotish haqida gapirilgan: kuchli "dojim", bosim o'tkazish, har kuni telefon qilish va hozir sotib olmasa nima bo'lishi haqida uqtirish va hokazo.

Video'dagi odam taniqli va qahramonimizning unga ixlosi bor.

Ertasidan biznesmen sotuv xodimlariga uqtiradi: "Davay, boslaring! Telefon qil, Telegramdan yoz. Olmasa - oldir!"

Sotuv xodimlari nima qilsin? - Rahbarning gapi buyruq-da! Aytilgan ishlarni qilishadi va ...

Nima bo'ladi deb o'ylaysiz?

Uy xarid qilish - oson ish emas. Bunda hech kim shoshilib qaror qabul qilmaydi.

Sotuv xodimi bilan bo'lgan suhbatni keyinroq obyektiv tahlil qilib chiqishadi. Yaqinlarning maslahatini eshitishadi.

Va eng yomoni: biz bosim o'tkazganimizni - noto'g'ri ish deb topishlari, "Meni "kiydirishga" urindi!" degan fikrga kelishlari mumkin.

Xo'sh, nima bo'ldi? O'rgatilgan usullar noto'g'rimidi? Yoki video'dagi odam yolg'on gapirdimi?

Yo'q, aslida bu usullarsiz ishlab bo'lmaydigan sohalar ham bor: tezroq sotish kerak, bo'lmasa mijoz boshqaga ketib qoladi.

Biz keltirgan misoldagi xato - to'g'ri instrumentlarni noto'g'ri o'rinda qo'llangani bo'lgan.

Agar video'dagi odam "Sizlarga shu usullarni o'rgatdim lekin, bular faqat shu va shu sohalarda ish beradi" deganida olam guliston edi...

Lekin unda atigi 2 daqiqa bor edi. Bu vaqtda nimani o'rgatib ulgursin. Video cho'zilib ketsa, ko'rishlar soni kam bo'ladi...

Albatta, bu hamma biznes video'larga tegishli emas. Ularning orasida sifatlilari, batafsil tushuntiradiganlari ham bor.

Lekin o'shnaqalarni topguncha qancha vaqtimiz ketadi? Ularni tartiblashgachi?


Shu ishni biz sizning o'rningizga qilib qo'ydik - "Biznesni Rivojlantirish" 1 oylik kursi.

✅ Unda 6 moduldan tartibli va tizimli ravishda dars olasiz:

— Strategiya va rejalashtirish;

— Marketing;

— Sotuv tizimi;

— Menejment;

— Xodimlarni boshqarish;

— Moliya va analitika.

Bu bilimlarning barchasi fundamental va deyarli barcha sohalarda ish beradi.

1-chi mavsum qatnashchilari (tadbirkorlar) allaqachon kursni bitirib, biznes bilimlariga ega bo'lishdi. Endi navbat sizniki.

Darslarni Abbos Rizkiev olib boradilar - biznesning turli jabhalarida 20 yil davomida turli yuqori lavozimlarda ishlagan, distributsiyani boshqarishda 14 yillik tajribaga ega mutaxassis.

Sizda o'ylash uchun 1 hafta bor. Tezroq qaror qabul qilsangiz birinchi 30 kishining qatoriga kirib - 30% chegirmaga ega bo'lishingiz ham mumkin!

Oflayn: 3,900,000 so'm ➞ 2,730,000 so'm 

Onlayn: 1,900,000 so'm ➞ 1,330,000 so'm

Ko'proq ma'lumot olish uchun quyidagi link ustiga bosib, ariza qoldiring:

👉 https://rebrand.ly/B_R_inside

☎️ Murojaat uchun:

+998998020088

+998995020088

Report Page