Bitkoin

Bitkoin

Raqamlidunyo


Assalomu alaykum, qadrli kanalimiz aʼzolari. Bugun sizlardan kelib tushgan taklifdan kelib chiqqan holda post qoʻymoqdamiz.

Hozir quyida eng mashhur kriptopul bitkoin tarixi, toʻgʻrirogʻi uning yaratuvchisi sifatida qaraladigan Satoshi Nakamotoning biografiyasi bilan tanishtiramiz.


Satoshi Nakomoto 1975- yil 15- aprelda tug'ilgan deyiladi. Nakomotoning jinsi, ya'ni erkak yoki ayol ekanligi nomaʼlum (shuning uchun ham ruscha familiyalar yaxshida🤓🤓), u bir kishi yoki bir guruh shaxslarning umumiy tahallusi bo'lishi ham mumkin. Ismiga qarab uni yapon bo'lsa kerak deb oʻylashadi, lekin u yozgan maqolalarini sof ingliz tilida nashr ettirgan, yanayam kim biladi deysiz

Bu ismni yaponchadan tarjima qilganda tub mohiyatiga yetib aqlli fikrlovchi degan maʼno kelib chiqadi

Hammasi oʻzi qanday boshlangan edi?

2008-yil AQShda yuz bergan ipotekali kreditlash ortidan butunjahon iqtisodiy inqirozi kelib chiqadi. Bu esa amalda mavjud bo'lgan moliyaviy tizimlarga bo'lgan ishonchning pasayishiga olib keladi. Shunday vaziyatda katta sahnaga Satoshi Nakomoto hamda uning markazlashmagan bitkoini chiqib keladi va keng ommaning qiziqishiga sabab bo'ladi. 2009-yil 3-yanvar sanasi tarixga ilk bitkoin mayning qilingan sana sifatida kiradi.

Kray Rayd avstraliyalik komputer mutaxassisi va ishbilarmoni. U Bitcoin SV yetakchisi hamda nChain asoschisi. 2016-yil bahorida janob Rayd jamoatchilikka Satoshi sifatida tanitildi. 2019-yil 10-fevralida Kray Rayd "Black Net" deb atalgan hamda Avstraliya hukumatiga 2001-yil taqdim etilgan loyihasi haqida ovoza qildi. WikiLeaksga koʻra, Raydning soʻzlari notoʻgʻri

Satoshi bo'lishi mumkin bo'lgan yana bir "nomzod" AQSh Milliy xavfsizlik agentligi ( inglizcha qisqartmasi NSA)dir. Bitkoin algoritmida NSA tomonidan ishlab chiqilgan SHA-256 hash funksiyasi qoʻllanganligi bunday gumonga sabab boʻlmoqda. Bitkoin nazariyotchilari fikricha, NSA eng katta va eng tez superkomputerlar hamda aqlli kriptograferlar jamoasiga ega.

Bu esa dunyodagi eng katta bitkoinga engalik qiluvchilar nomlari koʻrsatilgan. Uning yaratuvchisi Satoshi Nakomoto 1million bitkoin egasi hisoblansa, FBI 100 ming bitkoini bilan ro'yxatning 4-pogʻonasini egallab turibdi

Mana shunaqa gaplar, azizlar. Ha aytganday yana ayrim farazlarga koʻra, SAmsung, TOSHIba, NAkamuri, MOTOrola koreys va yapon kompaniyalarining birgalikdagi ijod mahsuli Satoshi Nakomoto hisoblanadi. Bu eng past ehtimolga ega bo'lgan faraz hisoblansada, lekin yuqoridagi kompaniyalar u yoki bu sohada blokcheyn texnologiyasidan oʻz mamlakatlarida foydalanishmoqda.

Bizda hozircha shular, biz bilan qoling va do'stlaringizni ham bizni kuzatib borishga taklif qiling

T.me/ raqamlidunyo


Report Page