BITCOIN.

BITCOIN.

@meduzauz

O'tayotgan hafta kriptovalyutalar bozori uchun noxush habarlar yomg'iri ostida boshlandi. Bir qator horijiy moliyaviy institutlar , Jahon banklari va valyuta fondlari elektron pullarga qarshi kurashishni ochiqdan ochiq boshlab yuborishdi. Xitoy hukumatining elektron pullarning eng qimmatlisi hisoblangan BITCOIN orqali bo'ladigan oldi sotdi amaliyotlarini to'xtatish to'g'risida qaror qabul qilishi virtual olam puli uchun jiddiy yo'qotish bo'ldi. Yuqorida sanab o'tagan xolatlarimiz natijasida BITCOIN sezilari yo'qtish qildi. 1 BITCOIN 4969 $ dan 3625 $ tushib ketdi. Shu tariqa real pullar tarafdorlari BITCOIN ga ham ta'sir o'tkazishni boshlashdi. Hozirda elktron pullar bozoriga nisbatan ishonsizlik paydo bo'lishi oqibatida BITCOIN ni borlar uni sotib yuborishmoqda.

 O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki ham kriptovalyutalarga nisbatan keskin fikr bildirdi. Unga ko'ra kriptovalyutalardan terorizmni moliyalashtirish uchun foydalanilar ekan .

Xo'sh savol tug'iladi. Nima uchun BITCOIN so'nggi kunlarda keskin taqibga uchrayapti ? Gap shundaki kriptovalyuatalar so'nggi oylarda mustahkamlanib o'sishda davom etyapti va bu Xalqaro moliya institutlariga umuman yoqmayapti. Chunki Jahon banki , Xalqaro valyuta zahira fondi va juda va juda ko'plab molyaviy magnatlar AQSH dollari bilan ishlaydi. Dunyo iqtisodiyoti shu qadar AQSH dollariga bog'lanib ketganki u dunyoning barcha nuqatalarida amal qiladi va AQSH dollari iqtisodiyot olamida o'z gegemoniyasini o'rnatgan. Qayerga bormang , qayerda bo'lmang , nimani xisob kitob qilmang hammasi AQSH dollarida. Hatto mana bir necha yildan beri siyosiy qarashlari sabab AQSHdan sovuqlashib ketayotgan  Rossiya ham hali beri dollarni o'z bozoridan chiqarib tashlay olmayapti.

Ammo so'nggi yillarda arzimas , hech narsaga bog'lanmagan, tezkor hamda konveratatsiya talab qilmaydigan virtual olamda yuradigan va undan real hayotda foydalanish mumkin bo'lgan valyuta paydo bo'ldiki u sekin asta takomillashib, bosqichma bosqich rivojlandi va u bugun AQSH dollari tarafdorlarini havotirga solyapti. Shuning uchun AQSH dollari kriptovalyuta hususan BITCOIN ga nisbatan yurishini boshladi. Agar tez orada BITCOIN va uning izdoshlari yo'q qilinmasa u AQSH dollarini halqaro iqtisodiy moliyaviy maydondan chetga chiqarib qo'yishi mumkin. Chunki BITCOIN tezkor , konvertatsiya talab qilmaydi, istalgan yerda faqat sotuvchi va xaridor o'rtasida amal qiladi ya'ni masalan siz real hayotda maxsulot sotib olsangiz terminal orqali to'lagan pulingiz sotuvchining xisob raqamiga tushadi . Bu puldan esa bank o'z foizini , soliq o'z ulushini oladi. Yoki sizga chet eldan pul jo'natishsa siz u horijiy valyutani yana bank orqali o'zingiz yashaydigan davlat valyutasiga almashtirasiz. Bank esa pul o'tkazmasidan o'z xizmat foizni oladi. BITCOIN orqali amalga oshadigan savdo esa faqat  sotuvchi va xaridor o'rtasida yuz beradi. U bank , soliq , moliya kabi tashkilotlarni chetlab o'tadi.

Kriptovalyutalarning O'zbekistondagi rivoji qanday degan savolga maqola avvalida Markaziy Bankning munosabati aytib o'tdik. Ammo BITCOIN asoschilari uni yaratayotganlarida elktron valyuta orqali terorizmni moliyalashtirish haqida o'ylamaganlar. Pichoq bilan nonni kesish va uni teng taqsimlash yoki pichoqdan sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin. Tanlov , qaror , hukm pichoqdan foydalanuvchining o'zida qoladi. BITCOIN ham shunday uni nimaga sarflash uning egasiga bog'liq. BITCOIN ga inson aql zakovatining yana bir mo'jizasi sifatida qarash kerak. Chunki uni yaratgan odamlar juda kuchli matematik bilimlarga asoslangan dasturchilardir. BITCOIN o'ta kuchli bilimlar samarasiga asoslangan dasturdir. Virtual olam rivojlanar ekan unda BITCOIN kabi virtual pullar ham bo'laveradi. Tezlik, informatsion hamda internet global tarmoq davrida kriptovalyutalar o'lmaydi . 


Qisqa savol - javoblar :

- BITCOIN nima ?

- Virtual olamdagi real hayotda ishlatsa bo'ladigan pul .

- Nima uchun BITCOIN Jahon banki , Xalqaro valyuta fondlari , moliyaviy institutlar tomonidan tanqid qilinyapti ?

- Chunki BITCOIN ular o'rnatgan dollar gegemoniyasini izdan chiqarishi mumkin .

- BITCOIN yaxshimi yo yomonmi ?

- BITCOIN ga inson aql zakovatining mo'jizasi sifatida qarash kerak. Uning yaxshi yo yomon ekanligiga undan nima maqsadda foydalanayotgan odamlar mas'uldirlar.

Kriptovalyutalarning keyingi taqdiri bilan bog'liq voqealarni biz bilan kuzatib boring @meduzauz uchun maxsus Kamoliddin Maxsimov . 

Report Page