BITCOIN

BITCOIN

Anonymous

Bitcoin — amaliyotlarni hisobga olish uchun shu nomdagi birlikdan foydalanuvchi piring toʻlov tizimidir. Bitkoynlar kriptovalyuta, virtual valyuta, raqamli valyuta va elektron naqd pul sifatida tasniflanadi. Qachonlardir chiqariladigan bitkoynlarning umumiy soni 21 millionni tashkil etadi.Bitkoynlardan foydalanish mumkin boʻlgan mamlakatlarda ayrim mol va xizmatlarni xarid qilish uchun foydalanish mumkin. Koʻpincha bitkoynlardan sarmoya asbobi yoki kriptovalyuta birjalarida oddiy valyutaga ayirboshlash vositasi sifatida foydalanishadi.

Bitkoyn narxi taklif va talabot muvozanatiga bogʻliq boʻlib, uni hech kim tartibga solmaydi. Shuning uchun bitkoyinni baʼzan „markazsizlashtirilgan valyuta“ deb atashadi.

Bitkoyn-toʻlovlari xavfsizligi ochiq kalitli kriptografiya bilan kafolatlanadi. Ularning haqiqiyligi tarmoqqa ulangan minglab kompyuterlar tomonidan bajariladigan murakkab matematik hisoblar orqali tasdiqlanadi — bu jarayon bitkoynlar mayningi deb ataladi. Tizim manzillari oʻrtasidagi barcha tranzaktsiyalar haqidagi maʼlumotlarni ochiq holda olish mumkin.

Bir necha marta bitkoynni nazorat qilish haqidagi takliflar ham aytilgandi, chunki undan noqonuniy faoliyatda foydalanish mumkin. 2013-yil oktyabr oyida FTB Silk Road saytini berkitdi va 144,5 million dollar mablagʻli bitkoynlarni musodara qildi.

Telegram kanal: Master Hakker

Report Page