BIOGRAFIYA

BIOGRAFIYA

Yulduzxon Habibullayeva (Mariya)

Assalomu alaykum, aziz qalbdoshim!

Sizni o'z sahifamda ko'rib turganimdan g'oyat xursandman! 😊

Ijozatingiz bilan o'zimni Sizga tanishtirsam: kamina qalbshunos, psixolog, numerolog, meditatsiyalar yaratuvchi, ong va ong osti bloklari bilan "Master Kit" metodikasi orqali ishlovchi mutaxassis Yulduzxon Habibullayeva bo'laman.

1995-yil Xorazm viloyatida tug'ilganman.


2017-yil Urganch Davlat Universiteti Filologiya va tillarni o'qitish kafedrasining Ingliz tili yo'nalishini tamomlaganman. 


2018-yil Sapfiriya (Mushtariy Yuldasheva) ning Professional Psixolog tayyorlash kursini tamomladim.


2019-yilda dastlab Master Kit metodikasi mutaxassisi sifatida, keyinchalik Qalbshunos (Душевед) bo'lib ish boshladim.


2020-yil fevral oyida ikkinchi mutaxassislik asosida Psixologiya yo'nalishini tamomladim. (Psixologlik diplomingiz bormi, deb so'rovchilar uchun 😅)


Ustozlarim mening yo'l ko'rsatuvchilarimdir. Sapfiriya, Shahnoza Maxsumova, Saodat Usmonova, Nargiz Sattarova, Muslim Xoldorovlarning kurslari o'quvchisiman. 


Bundan tashqari Sinelnikov, Luiza Xey, Nekrasov va Palienko ...larning ilm va hayotiy tajribalarini katta qiziqish bilan o'rganib kelmoqdaman.


Qisqa faoliyatim davomida: ayollar va bolalarning ichki, tashqi va jinsiy kasalliklari, ota-ona va farzand munosabatlaridagi ziddiyatlar, erkak va ayol o'rtasidagi kelishmovchiliklar, oilaviy muammolar, shaxsiy rivojda orqaga ketish, qalb yopilishi, qo'rquvlar ... va boshqa ko'plab muammolarida insonlarga ruhiy ko'mak berib kelmoqdaman.

Rivojim yo'lida shug'illanadigan mashg'ulotlarim: kitoblar o'qish, tinimsiz yangi treninglarda qatnashish, tez yurish, yoga bilan shug'illanish, yozish praktikalari, meditatsiyalar, nafas olish mashqlari, neyrografika va rasmlar chizish, qo'shiq aytish ...


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimda o'zimning shaxsiy rivojimni taminlayotgan tajribalarim, anglashlarim, yutuqlarimni Siz azizlarim bilan bo'lishib boraman! 

Bu yo'lda men bilan birga ekaningizdan xursandman!

Sizga sevgim bilan bo'lishishdan g'oyat baxtiyorman!


Youtube kanal:

https://www.youtube.com/channel/UCe8aQUMwXXnnPk2D0-QcOog


Telegram kanal:

https://t.me/Yulduzxon_Habibullayeva



Telegram guruh:

https://t.me/MasterKit_Yulduz


Report Page