Biografiya

Biografiya

Maftuna Nur
Qalbshunos Psixolog Mohinur Sadiraliyevna

Qalbshunos Mohinur Sadiraliyevna haqida to'liq ma'lumot:

💞​​Mohinur (Milena) Jo'rayeva Sadiraliyevna 1994-yil Andijon shahrida vrachlar oilasida tug'ilgan. Hozirda Farg'ona viloyati Furqat tumanida istiqomat qilib keladi.


💞Oilasi haqida qisqacha ma'lumot:

Oilada ota-onasi vrachlar, 4 ta qizning eng kattasi. Birinchi singlisi Toshkentda

''Ichki Ishlar vazirligi akademiyasi" da, ikkinchi singlisi

''Pedagogika instituti'' ingliz tili yo'nalishida, uchinchi singlisi esa maktabda o'qiydilar.

💞Ta'limoti:

2012-yil Maktab va kollejni a'lo baholarga tamomlab, Qo'qon Davlat Pedagogika Instituti Ingliz tili fakultetiga 1-yilning õzidayoq grand asosida o'qishga qabul qilingan.

💞Ish faoliyati:

Institutni tamomlab tumanidagi 2-sonli rus maktabda o'qituvchi sifatida ishlagan. Lekin asosiy ish faoliyati ingliz tilidan repititorlik. Alhamdulillah, o'quvchilarining yutuqlari bilan maqtansa arzigulik! O'zbekistonning deyarli barcha oliygohlarida uning o'quvchilari tahsil olib kelmoqda. Hatto, singillarini o'qishiga ham ta'siri katta bo'lgan.

Ish jarayonidan

💞Hozirgi oilaviy holati:

Oilali. 1 nafar shiringina qizalog'i bor. Turmush o'rtog'i bilan bir-birlarini juda ham yaxshi tushunishadi. Qaynona-qaynotalari bilan munosabatlari ham a'lo darajada. O'zini to'la to'kis baxtli ayol deb hisoblaydi.

💞Psixologik ma'lumoti:

Psixologiyaga kirib kelib anchagina yutuqlarga erishgan.

Proffessional kursning 1-bosqichini ilk ustozi Gullola Hamidjonovnada o'qigan. So'ng Xalqaro parapsixolog Talia Xalabaning "Art Intuitsiya" kursini tamomladi. Yana ustozi Gullola Hamidjonovnaning prof kvant sakrash kursining 1,2-bosqichlarida, "Intuitsiya" kursida hamda Diyora Turabekovaning so'nggi 3-chi retritida, shuningdek, Suhaila(Nigora Norova)ning "O'z hayotimning sehrgariman" retritlarida qatnashgan.

Bundan tashqari ko'plab ustoz va hamkasblarining treninglarida doimiy ravishda o'qib, uzluksiz malakasini oshirib kelmoqda. Psixologiyaning zamonaviy metodlarini doimo birinchilar safida õrganib, amalda qõllab kelmoqda!

💞Mualliflik treninglari:

"Suyukli mahbubalik sari"
"Mo'jizaviy ayol"
"Smm va telegramda bloggerlik"
"Qo'rquvlardan ozodman"
"O'z baxtimni topaman"
"Ilohiy ayol"
"Million uchun magnit"
"Muvaffaqiyat sirlari"
"Yangi hayot sari"
"Pul va rivojlanish kursi"

va shu kabi o'nlab treninglar asoschisi.

💞Psixolog sifatidagi yutuqlari:

Psixolog sifatida avvalo o'zini qarashlarini va hayot tarzini o'zgartirdi!

Oson va yengil rivojlanish yo'llarini o'rgandi, insonlarga nisbatan shartsiz munosabatga o'tdi, energiyani to'g'ri taqsimlashni o'rgandi!

Sultonining suyukli mahbubasiga aylandi, daromadini 10 barobar oshira oldi!

Va insonlarni tushunishni, his qilishni boshladi. Shu orqali nafaqat o'zini balki yaqinlarini va juda ko'plab mijozlarimni hayotlarini o'zgartira olgan!

Mohinur Sadiraliyevnaning psixolog sifatidagi yutuqlarini ko'rib, hatto oila a'zolari: singlisi, qaynisinglisi, ovsini, shuningdek, eng yaqin dugonalari va shogirdlari ham professional psixolog sifatida faoliyat yuritishni boshlagan!

💞 Shogirdlari haqida:

Mohinur Sadiraliyevna 2 marta "Professional psixologlar tayyorlash kursi"ni o'tgan va 10 ga yaqin shogirdlar tayyorlagan. Hozirda shogirdlari bilan ham faxrlanadi va ularni o'z hamkasblarim sifatida hurmat qiladi.

💞Minnatdorchiligi:

Psixologiya sohasiga avvalo Alloh, so'ng ustozim Gullola Hamidjonovna orqali kirdim va ulardan judayam minnatdorman", - deydi qalbshunosimiz Mohinur Sadiraliyevna ❤️

Telegram rasmiy kanal linki quyida👇

@Qalbshunos_Mohinur_Sadiraliyevna

Report Page