Bill gates

Bill gates

Dono Xo'janazarova

William Henry Gates III (talaffuzi: Uilyam Henri Geyts Uchinchi1955-yil, 28-oktabrda tug‘ilgan) yoki Bill Gates. Bill Geytsamerikalik ishbilarmon va filantropdir. Gates Paul Allen bilan birgalikda hozirda jahonning eng yirik komputer software kompaniyasi boʻlmish Microsoft'ga asos solgan va bugunda uning raisidir bo'lgan. U dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxatida koʻp yillar davomida birinchi boʻlib turgan. Gates qoʻlida Microsoft ulushining 6,4% foizi mavjud. U shuningdek bir necha kitoblar muallifi hamdir.

Shaxsiy komputer inqilobining yirik arboblaridan biri boʻlgan Gates monopoliyada ayblanib tanqid etilgan. Shu bilan birgalikda Foundationjamgʻarmasi orqali tibbiy va ilmiy tadqiqotlarga $36 milliarddan oshiq xayriya ulashgan.

Gates 2000-yil yanvarida Microsoft bosh ijrochi direktori lavozimidan voz kechib, raislikka oʻtdi. 2006-yil iyunida u Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasida ishlashini eʼlon qildi. 2008-yil 27-iyunida Gates Micorosoft'dagi oxirgi toʻliq ish kuniga chiqdi. Hozirda u kompaniya ishlariga deyarli aralashmaydi.


Bill Gates


Hozirgi kunda boyligi bo'yicha "Amazon" yetakchisi Jeff Bezosdan keyin 2-o'rinda turadi.Malu'motlarga qaraganda Bill Geyts har daqiqada 6659$ ishlab topar ekan (2006-yil) Umumiy boyligi 88.9 mlrd $ ni tashkil qiladi (2017-yil) Faqatgina dunyoning 18ta davlatining boyligi Bill Geytsning boyligidan ko'proq ekan 



— Geyts universitetda darslarni o'zlashtirolmaganligi sababli 1974 yil kassallik varaqasi ochtiradi va keyinchalik Garvard universitetidan chetlatiladi, shunga qaramasdan Bill, keyinchalik bu universitetni tamomlashga erishadi. To'g'rirog'i universitet administrastiyasi unga diplomni hadya qiladi.

— Garvart universiteti professorlariga Bill 30 yoshida millioner bo'lishini aytar edi, qarangki u 31 yoshida milliarder bo'lishga erishdi.

— 1990 yil oxirlarida 90% ga yaqin shaxsiy kompyuterlar Microsoft firmasining dasturlari bilan ishlar edi.

— 38 yoshida Geyts, oyiga millionga yaqin Windows nusxalari sotishga erishadi.


— Har sekundda bizning qahramon 250$ mablag' topadi, bu degani kuniga 21,6 million va yiliga 7,8$ milliard.

— Agar Windows foydalanuvchilari, operastion tizimning har bir qotib qolishi(xato oynasi) uchun 1 dollardan olishsa, Geyts 3 yil ichida honavayron bo'lar edi.



— Billning katta bobosi qonunshunos va xokim(mer), bobosi shtatdagi davlat banki vista prezidenti, otasi esa advokat edi.

— Bill to'g'risida juda ko'plab kitoblar yozilgan, agar siz amazon.com sayti orqali gates so'zini kalit so'z sifatida tersangiz 130 mingdan ortiq asar topishingiz mumkin.

— Bill "Kelajakka yo'l" nomli kitob yozganini ko'pchilik bilmasa kerak. U, bu kitobda axborot texnologiyalari rivojlanish davrida, jamiyatniig qarashlari ga o'z munosabatini bildiradi. Kitob nashrdan chiqqandan so'ng 7 hafta davomida dunyoning asosiy bestseller (eng ko'p sotiladigan) asarlari ro'yxatining 1 o'rinidan tushmagan.

Sayyoramizdagi eng boy insonlardan biri, “Microsoft” kompaniyasi asoschisi 58 yoshli milliarder Bill Geyts hozirda uch nafar farzandini qattiqqo‘llik bilan tarbiyalayapti. Quyida daho va uning hayoti haqida shu kabi qiziqarli ma'lumotlarni keltirib o‘tmoqchimiz.

Kompyuterga bo‘lgan qiziqish Billda juda erta uyg‘ongan. Maktabda o‘qib yurgan chog‘idayoq o‘rtoqlari bilan har xil dasturlar yaratishni boshlagan. Napoleon Bonapart haqida o‘qib turib, dunyoni boshqarish vazifasi kiritilgan o‘yin yaratadi.

1997 yilga qadar Bill samolyotlarda ekonom-klasslarda uchardi. O‘sha paytda uning hisobida 6 milliard dollar bo‘lgan. Hozir ham imkoni boricha u eng arzon biletlarni sotib olishga harakat qiladi. 

Bill bolaligida arg‘imchoq uchishni xush ko‘rardi. U biror bir masalaga yechim topmoqchi bo‘lsa, arg‘imchoqqa o‘tirib uchardi va tashqi olamdan uzilardi.

Bill Geytsning uyi har xil elektron qurilmalarga to‘la. Elektron gulqog‘ozlar pult yordamida o‘zgaradi. Uyda yashovchilarning mikrochiplari bor. Uy esa lazerli qurollari bilan qo‘riqlanadi. 

Bill 30 milliard dollar miqdoridagi pulni xayriya ishlariga sarflagan. 2009 yilda Bill va Melinda Geyts xayriya fondi tashkil etilgan. O‘limidan keyin uning milliardlari xayriya fondiga tushadi. Kam miqdordagi mablag‘, ya'ni bor-yo‘g‘i 10 million dollargina farzandlariga meros bo‘lib qolishi belgilangan. 

Bill Geytsdan hayotdan yana nima xohlashini so‘rashganida, u hammasidan ko‘proq o‘lmaslikni istaganini aytgan. 

Uning eng mashur shiori

Geytsning eng mashhur iboralaridan biri butun jahon o‘rgimchak to‘ri haqidadir. U “Internet — uning istiqboli yo‘q” degan edi. Bir necha yil o‘tib u fikridan qaytib, bu gapini qaytib oldi.


Microsoft kompaniyasi

Tavsiya qiladigan kitoblari

Geyts mutolaa uchun birinchilardan bo‘lib Tara Vestoverning “O‘quvchi” (“Educated”) asarini tavsiya qiladi. “Tara 17 yoshigacha umuman maktabga bormagan. Shunga qaramay, Taraning yozuvchilik qobiliyatiga tan berish kerak. U asarda o‘zining nochor bolaligi haqida yozish bilan meni hayotim haqida teranroq o‘ylashga undadi”, deydi Bill.


Bundan tashqari, Bill Geyts Pol Sherrening sun’iy aql haqidagi “Hech kimi yo‘q armiya” (“Army Of None”) kitobini, Jon Karreyruning turli xil hiyla va firibgarliklardan tortib murakkab oilaviy munosabatlar haqida hikoya qiluvchi “Yomon qon” (“Bad Blood”) asarini o‘qishni maslahat beradi.


Shuningdek, Yuval Noa Xararining “21-asr uchun 21 dars” (“21 Lessons For The 21st Century”) va Endi Paddikombning “Mantiq va meditatsiya qo‘llanmasi” (“The Headspace Guide to Meditation and Mindfulness ”) kitoblari aytib o‘tilgan.


Ro‘yxatga kiritilgan kitoblar olam va o‘zlikni anglashga, insoniyat duch kelayotgan muammolar haqida chuqur mulohaza qilishga asos yaratadi, deb ta’kidlaydi




Report Page