BILL GATES

BILL GATES

𝘼𝖇𝖉𝖚𝖑𝖑𝖔𝖍

William Henry Gates III (talaffuzi: Uilyam Henri Geyts Uchinchi; 1955-yil, 28-oktabrda tug‘ilgan) yoki Bill Gates (talaffuzi: Bill Geyts) amerikalik ishbilarmon va filantropdir. Gates Paul Allen bilan birgalikda hozirda jahonning eng yirik komputer software kompaniyasi boʻlmish Microsoft'ga asos solgan va bugunda uning raisidir. U dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxatida koʻp yillar davomida birinchi boʻlib turgan. Gates qoʻlida Microsoft ulushining 6,4 foizi mavjud. U shuningdek bir necha kitoblar muallifi hamdir.

Tugʻilishi …

Shaxsiy komputer inqilobining yirik arboblaridan biri boʻlgan Gates monopoliyada ayblanib tanqid etilgan. Shu bilan birgalikda Gates koʻplab ehsonlar qilgan: 2000-yilda rafiqasi bilan tuzgan Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasi orqali tibbiy va ilmiy tadqiqotlarga $36 milliarddan oshiq xayriya ulashgan.


Gates 2000-yil yanvarida Microsoft bosh ijrochi direktori lavozimidan voz kechib, raislikka oʻtdi. 2006-yil iyunida u Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasida ishlashini eʼlon qildi. 2008-yil 27-iyunida Gates Micorosoft'dagi oxirgi toʻliq ish kuniga chiqdi. Hozirda u kompaniya ishlariga deyarli aralashmaydi.


Turmush oʻrtogʻi Melinda Gates'ga 1994-yili uylangan. Uch farzandi bor: qizlari Jennifer Katharine (1996-yil t.) va Phoebe Adele (2002-yil t.) hamda oʻgʻli Rory John (1999-yil t.). Bill Gates dindor emas, oʻzini agnostik deb taʼriflaydi.Hozirgi kunda boyligi bo'yicha "Amazon" yetakchisi Jeff Bezosdan keyin 2-o'rinda turadi.Malu'motlarga qaraganda Bill Geyts har daqiqada 6659$ ishlab topar ekan (2006-yil) Umumiy boyligi 88.9 mlrd $ ni tashkil qiladi (2017-yil) Faqatgina dunyoning 18ta davlatining boyligi Bill Geytsning boyligidan ko'proq ekan.




Report Page