Библиотека

Библиотека

From
Tasodifiy hikoya:
Er-xotinlikni uzviy bog'lovchi qovushish, ya`ni jinsiy yaqinlikda qanday tibbiy hikmatlar mavjud? G'...
Добавил: (02.03.2016 / 23:12)Рейтинг: (0)Прочтений:10167Комментарии:Комментарии закрытыBAXT ORTIDAGI BAXTSIZLIK! -Nega inson o'z jonini qiynaydi, unga azob beradi. Baxt tog'ining cho'qqisiga chiqib olib, so'ngra o'zini pastga... razolat, g'am-andux botqog'iga uloqtirar ekan. Xona derazasidan mayus... va shu bilan birga alam ichra ko'cha tomon nazar tashlab o'tirgan ayol o'z g'amiga o'zi qovurilib, it azobida yolg'iz qolgan edi... U yolg'iz va hech kimga keragi yo'q, huddi keraksiz chiqqindiday o'z turmush o'rtog'i uni ko'chaga uloqtirgan edi. Saboxat o'z aybini tushunib yetgan edi. Lekin u tushunib yetgan pallada allaqachon g'isht qolipidan ko'chgan, hamma qilmishlari oshkor bo'lgan edi. U bundan ikki yil oldin o'zi bamisoli shaytondek quvilgan uyidagi so'nggi kunini esladi. Eslaboq ko'ziga yosh kela boshladi. O'sha mashum kun ko'z oldi-da gavdalandi. Ertalab uyqudan turar ekan, Saboxat yoniga bir qarab qo'ydi. Qarasaki eri bo'lmish Javlon aka yo'q. Soat ertalabki olti bo'lishiga besh daqiqa yetmay turibdi. - Joniiiim, qayerdasiz? Negadir unga qayta javob bo'lmagach, Saboxat taajjublanib o'rnidan turdi. Kursida turgan halatini ustiga ilib yotoqxonasidan chiqdi. Uncha uzun bo'lmagan koridor oxiridagi oshxona tomon qadam tashlay boshladi. - Joniiim... Javlonim. Qayerdasiz azizim? Yo'lda ikki tomonida joylashgan xonalarga bir-bir bosh suqib qarab quyardi. Mana manzil oxiri, oshxonaga ham yetib keldi. U yerdaham eri yo'q. Lekin oshxonadagi muhit buzilgan, tamaki hidi Saboxatni betini bujmaytirib, ko'nglini g'ash qildi. U tezda borib oshxona derazasini ochdi, yo'qsa tamaki hidi uni yutib yuboradiganday tuyuldi. Oshxona derazasi ochiliboq ichkariga qarab erta tongning musaffo havosi huddi avtobus ichiga o'zini urgan olomon singari yopirilib kira boshladi. Saboxat o'zining to'rtinchi qavat oshxona derazasidan yon atrofga qaradi. Salqin havo etini junjiktirib, uning oshxona derazasini yopishga majbur qildi. Ichkaridagi tamaki hididan asar ham qolmagandi.Uning ko'zi nonushta stoli ustidagi bo'shab qolgan aroq shishasi va chekilgan tamaki chiqindilariga tushdi. Nigohi jiddiylashdi. Uning eri bo'lmish Javlon aka Saboxatning qistovi bilan chekishni tashlagandi, ichkilikni esa kamaytirgan edi. Bu holdan uning diliga g'ulg'ula tushib, vaxima iskanjasiga ola boshladi. U tezda yotoqxonasida qolgan qo'l telefonidan shoshganicha eriga qo'ng'iroq qildi. Oshxonadan erining qo'l telefonini chaqiruv musiqasi yangradi. Oshxonaga borib stolning ustidagi erining qo'l telefonini olmoqlikka shaylanganda. Nogaxon ko'zi deraza ochilgandagi shamol ta'sirida stol ustidan oshxona poliga tushgan oq qog'ozga ko'zi tushdi. Qog'ozni qo'liga olib, ichidagi o'qir ekan... Uning vaximasi tobora kattalashdi. Nafasi siqib, xayollari har tomon keta boshladi. U yerda shunday so'zlar bitilgan edi: qaytganimcha qorangni ham ko'rmay, menga it tekkan osh kerak emas! Ikki jumlaga ega bo'lgan bu qog'oz Saboxatni batamom tamom qildi. Uning oyoqlari xolsizlanib,tanasini ko'tarishga yaramay qolgandi. U xolsizgina polga yiqildi. Tamom... Hammasi tamom. Javlon akam mening qilmishlarim, qilgan nomaqbul ishlarimdan xabar topgan ko'rinadi. Xayolida o'ziga-o'zi savol berib, ikki oy oldin yig'ishtirgan maishatparastligini, Zoxidbekning quchog'ida yotganlarini esladi. Shu o'tirgan xolatida qancha o'tirdi bilmaydi, yuz aralash kelib tushgan zarbadan, xayol ummonidan yana buzilish arafasida turgan hayotiga qaytdi. - Xaliyam shu yerdamisan manjalaqi... Men senga nima degandim..? Ikkinchi tushgan zarbadan keyin Saboxat xushi boshidan uchib polga xolsizgina quladi... ... Xushiga kelib ko'zini ochar ekan o'zini kasalxonada ekanligini angladi. Boshi va yuz qismi og'riganidan qiynalanib xona shiftiga qarab yotib yana o'yga cho'mdi. Chamasi o'n daqiqalar o'tib xonaga shifokor, uning ortidan yaqin dugonasi Yulduz kirib keldi. - Axvolingiz yaxshimi? O'zingizni qanday his qilyapsiz? Shifokor Saboxatning ko'karib ishib ketgan yuziga teginar ekan,undan xol-axvol so'radi. Saboxat gapirishga qiynalsada, buni sezdirmaslik uchun: -Yaxshi rahmat. Xammasi joyida deyishga o'zida kuch topa oldi. Bu gaplardan Yulduzning jahli chiqsada hamma ayb dugonasining o'zida ekanligini yaxshi bilardi. Saboxatga necha marta aytdi bunaqa sayoq yurishlarni bas qilishlarni, lekin uning gaplari Saboxatning qulog'iga kirmas, o'z bilganidan qolmasdi. Saboxat boshqaga erga tegib ham sevgilisi bo'lmish Zoxiddan vos kechmagandi. To'yidan keyin yana salkam ikki yil Zoxidni quchog'ini to'ldirdi. Bu orada Zoxid ham uylandi. Uylangandan keyin bora-bora ularning visol onlari kamayib, keyinchalik umuman ko'rishmay qo'yishdi. -Axmoqman... G'irt landovur... O'zimning gulday erim bo'la turib, qayerdagi xoyu-havasga uchibman. Endi kech edi. Saboxatning eri Javlon kasbi tadbirkor bo'lib, uch-to'rt sohada ish olib borar edi. Uydan erta chiqib ketar, ishi tufayli allamahalgacha qolib ketgan paytlari ham bo'lar edi. Mana bugunham Javlon har doimgidek ishdan kech qaytdi. Uyining eshigini o'z kaliti bilan ochib xorg'in kayfiyatda ichkariga kirar ekan ostonada turgan suyukli yori Saboxatni ko'rib ko'ngli yorishdi. Javlon Saboxatni bir ko'rishidayoq unga ko'ngil bergandi. Saboxat ko'rinishidan oddiygina, chiroyi, qaddi-qomati o'ziga yarashgan ko'zga yaqin qizlardan edi. Javlonning yuborgan sovchilar Saboxatning ota-onasiga manzur bo'lishib, qiz tomondan rozilik olishdi. Saboxat otasidan judaham qo'rqardi, shuning uchun ham dardi ichida qolib Javlonga erga tegdi. -Javlon aka yaxshi keldizmi, charchamadingizmi? Qorningiz ochmi? - Jonim siz hech narsaga urinmang. Kirib uxlayvering. Menham dush qabul kirib keyin yotaman. Kiyimlarini birin-ketin yechayotgan Javlonning ko'zi o'ziga notanish bo'lgan bo'yinbog'ga ko'zi tushadi. - Jonginam bu kimniki? (u yotoqxona tomon balandroq ovozda gapirdi). - Nimani aytayapsiz? -Mana bu bo'yinbog'ni aytamanda... - Bilmaaassam... Saboxatning ovozi qaltirabroq chiqdi. Javlon buni payqadi. Eri yo'qligida Saboxatning jazmani Zoxid uning uyiga kelgandi. Ushbu kun ikkalasining so'nggi uchrashuvlaridan biri bo'lib, bir-birini quchog'ini to'ldirayotgan edi. -Saboxat endi biz birga bo'lolmaymiz... Yotoqxona yotog'ida yotgan Zoxidning ovozi uning quchog'ida visol lazzatidan sarhush holda yotgan Saboxatni ta'bini xira qildi. -Nega axir... Nima men sizga yoqmay qoldimmi? -Gap sendamas? -Unda nimaga? (Saboxat boshini ko'tarib Zoxidga qaradi). - Hamma gap o'zimda... Lobar sen bilan shakarguftorlik qilib yurganimni sezib qolibdi. Endi bunaqa ishlarimizni yig'ishtirmasak bo'lmaydi. Zoxidning xotinining ismi Lobar bo'lib o'tgan yili uydagilarni qistovi bilan unga uylangan edi. - Bunday yurishlarimizni oxiri yaxshilik bilan tugamasligini ikkimiz ham yaxshi bilamiz. - Xo'p Zoxid aka siz nima desangiz shu. Faqat birgina iltimosim bor... -Ayt jonim deganicha Saboxatni bag'riga qattiqroq bosdi.

-Yana bir bor siz bilan birga bo'lishni xoxlayman. Faqat bu yerdamas. Boshqa joyda, hech kim ikkimizning birga bo'lishimizga

Report Page