Beeline

Beeline


Do'stingizni taklif qiling!


Beeline Uzbekistan ilovasida Beeline Club 2.0 dasturiga do'stingizni taklif qiling va har bir yangi ishtirokchi uchun bonusga ega bo'ling!

Taklif qilish usulini tanlang: 

- kontaktlaringizga promokod bilan SMS yuborish. Buning uchun ro'yxatdan kontaktlaringizni tanlang, tasdiqlaganingizdan so'ng ularga sizning raqamingizdan SMS yuboriladi. SMS-taklifnomalar BEPUL! 

- ijtimoiy tarmoqlarda yoki messenjerlarda promokodli havola bilan bo'lishish.

Taklif qilgan do'stingiz avval Beeline Club 2.0 dasturiga a'zo bo'lib, so'ng Beeline Uzbekistan ilovasida "Do'stingizni taklif qiling!" bo'limida promokodni kiritishi lozim.  

Barcha shartlarga rioya qilinganda sizga 300 MB, ishtirokchiga aylangan do'stingizga esa 1000 MB taqdim qilinadi. Do'stingiz esa afsonaviy Beeline Club 2.0 yangi sodiqlik dasturining ishtirokchisiga aylanadi! 

Beeline Club 2.0 haqida batafsil bu yerda. Beeline Uzbekistan ilovasini yuklab olish bu yerda

Bundan tashqari, do'stingiz ham o'z yaqinlarini taklif qilib, bonuslar olishi mumkin!

 E'TIBOR BERING:

- aksiya Beeline Club 2.0 ishtirokchilariga oldindan to'lov tizimi abonentlari, jismoniy shaxslar uchun O'zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi;

- aksiyada ishtirok etish uchun ikkala ishtirokchi Beeline Uzbekistan ilovasining oxirgi versiyasini o'rnatishi lozim;

- taklifnomani Beeline va O'zbekistondagi boshqa aloqa operatorlarining abonentlariga yuborish mumkin. Xalqaro, statsionar va noto'g'ri formatda saqlangan raqamlarga yuborish imkoniyati mavjud emas;

- bir kunda 100 tadan ko'p taklifnoma yuborish mumkin emas;

- bitta raqamga 7 kun ichida faqat 1 marta taklifnoma yuborish mumkin;

- Beeline Club 2.0 sodiqlik dasturiga a'zo bo'lish uchun taklif qilingan abonent 14 kunlik, 15 kunlik va oylik abonent to'lovli tarif rejalaridan birida bo'lgan oldindan to'lov tizimidagi abonent bo'lishi lozim. (ProInternet tariflaridan tashqari);

- promokodni bir marta faollashtirish mumkin. Promokodning amal qilish muddati 30 kun;

- bonus yoqilgan kundan boshlab 30 kun amal qiladi. Agar ushbu balansda trafik mavjud bo'lsa, u holda trafik qo'shiladi va amal qilish muddati 30 kunga uzaytiriladi;

- Bonus MB tekshirish kodi *103#;

- aksiya 31.01.2021 gacha amal qiladi.

Report Page