Mahalla “yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha seminar tashkil etildi

Mahalla “yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha seminar tashkil etildi

@boyovutliklar
Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati

Seminarda Respublika ishchi guruhi aʼzolari, sektor rahbarlari, tegishli masʼullar, maʼruzachilar, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari, yoshlar yetakchilari, ijtimoiy xodimlar, mahalla soliqchilari ishtirok etdi.

Unda maʼruzachilar “yettilik” va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlar bandligini taʼminlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, xotin-qizlar faollarining vazifalari, hududdagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda hal etilishiga ko‘maklashish, profilaktika inspektorlarining mahallalarda olib boradigan asosiy ishlari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati

Shuningdek, soliq xodimlariga mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishlariga ko‘maklashish, ijtimoiy xodimlarga yolg‘iz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish kabi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ham zaruriy tavsiya va tushunchalar berildi.

Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati

Report Page